Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (56 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (56 KB)

Shi’lpi’q

Shilpiq qal’a

 
  •   0
  • 0
  • 1087

Inshoot tarxi haqla shaklida bo‘lib, Nukusdan janubga (Xiva, Samarqand, Toshkent tomon) 43 km. masofada avtomobil yo‘lida, 35-40 metr balandlikdagi konussimon tepalikda joylashgan.

Mazkur qadimgi Zardushtiylik yodgorligi - Dahmiy Chilpiq (Shilpiq, Chilpiq-qal’a) yoshi 2200 yildan ortiq. Chilpiq - bu 15 metr balandlikdagi 65 metr diametrga ega tomsiz dumaloq minora bo‘lib, Nukusdan 43 km masofadagi tabiiy yassi tepalikning cho‘qqisida joylashgan. Qoldiqlari minora ichida yovvoyi qushlarga yem uchun qoldirilgan. Keyinroq, suyak qoldiqlari loy taxtachalar - ossuariyalarga to‘planib, yerga ko‘milgan. Ushbu dafn etish usuli zardushtiylik falsafasi bilan bog‘liq bo‘lib, jasad qoldiqlari bilan yerni zararlantirishni tahqirlaydi.

Dastlab, minora tepadan pastga tushgan 20 metrli narvon bilan boshlangan edi. Minoraning asos qismidan daryo tomon yo‘lak tushgan. Minora va uning atrofida loy taxtachalar va tosh ossuarilar topilgan bo‘lib, ularning ayrimlari bugun Nukus va Toshkentdagi muzeylarda saqlanib kelinmoqda. II-IV asrlarda zardushtlar dahmasi sifatida qad rostlagan bo‘lsa, IX-XI asrlarda mahalliy aholi undan xabar minorasi sifatida foydalangan.

Чильпык, Каракалпакстан
Чильпык, Каракалпакстан
Чильпык, Каракалпакстан

Bu yerlarga arablarning kelishi (VII asr) bilanoq, minora qayta qurilgan, so‘ngra, IX-X asrlarda Qadimiy Xorazmning gullagan vaqtlarida yana ta’mirlangan. Bir qator tadqiqotchi olimlarning fikricha, xorazmliklar Chilpiqdan Xorazmshohlar davlatining boshqa qal’alari bilan bir qatorda xabar yetkazish va mudofaa minorasi sifatida foydalanishgan. Chilpiq Qoraqalpog‘istonning yorqin yodgorliklaridan biri hisoblanib, hatto respublika gerbida ham uning tasviri aks ettirilgan.

Chilpiqqa erta tongda, quyosh pishirgunga qadar tashrif buyurgan ma’qul. Qal’adan atrof-muhitning ajoyib ko‘rinishi namoyon bo‘ladi: toshqin Amudaryo quyoshda porlab oqadi, yam-yashil bog‘lar va dalalar mayinlik bilan zangori quyoshga qurigan somon rang butalar bilan tutashadi. Chilpiqda tumandagi eng baland tushov o‘rnatilgan bo‘lib, butunlay matolardan kesilgan tasmalar bilan qoplangan: mahalliy aholi ularni baxt va omad tilab bog‘laganlar.

 

 

Чилпык – строение кольцеобразной структуры – расположено вдоль шоссе Нукус-Беруни, в 43 км. к западу от Нукуса, на правом берегу реки Амударья, на вершине конического холма высотой 35-40 метров.

По форме Чилпык представляет собой незамкнутый круг диаметром приблизительно 65-79 метров. Стены достигают высоты до 15 метров.

Он был воздвигнут во 2-4 веке нашей эры и использовался как Зороастрийский храм «дахма» (Башня Тишины).

В 9-11 веках он использовался ближайшими соседями как сигнальная башня.


Ko'rip shi'g'i'ldi': 10381