Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (58 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (58 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi «Suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 1004-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi «Suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 1004-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi  Vazirlar Kengashi

 

Q A R O R   Q I L A D I:

 

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi «Suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 1004-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:

a) Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylab ihota va ko`kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruktsiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`yida ihota va ko`kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruktsiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari bo`yicha:

 

O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligining tegishli «Suv qurilish invest» DUK-buyurtmachi etib;

bosh loyihachi tashkilot - eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, tanlov savdolari o`tkazmasdan;

bosh pudratchi tashkilot – qonunchilikda belgilangan tartibda o`tkaziladigan tanlov savdolari natijalari bo`yicha;

O`zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag`lari va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tejalgan xorijiy investitsiyalar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag`lar – moliyalashtirish manbalari etib belgilanganligi;

v) 2018 yildan boshlab:

O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan byudjet mablag`larini qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylab ihota va ko`kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruktsiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishga;

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2019 yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi to`g`risida» 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3405-son qarorining 11-ilovasida ko`rsatilgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan mablag`lar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilgan  va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylab ihota va ko`kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruktsiya  qilish hamda hududlarni obodonlashtirishda daraxtlar va butazorlarni sanitariya maqsadida kesish ishlarining to`lovlarsiz amalga oshirilishiga ruxsat berilganligi;

g) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi bilan birgalikda – tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylab ihota va ko`kalamzorlashtirish  daraxtzorlari barpo etilishiga, rekonstruktsiya qilinishiga hamda hududlarning obodonlashtirilishiga belgilangan tartibda er uchastkalari ajratilishini ta`minlash topshirilganligi;       

                                                       

d)  O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi:

bir oy muddatda, tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari  bo`ylab  ihota va ko`kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruktsiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun daraxtlar turlarini aniqlash;

qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylab  ihota va ko`kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruktsiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo`yicha loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida pudratchi tashkilotlarni zarur turdagi va miqdordagi ko`chatlar bilan ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasida qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylab ihota va ko`kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruktsiya  qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Tumanlar hokimliklari Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi bilan birgalikda – tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylab ihota va ko`kalamzorlashtirish  daraxtzorlari barpo etilishiga, rekonstruktsiya qilinishiga hamda hududlarning obodonlashtirilishiga belgilangan tartibda er uchastkalari ajratilishini ta`minlasinlar.                                                                

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi qo`mitasi:

20 kun muddatda, tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari  bo`ylab  ihota va ko`kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruktsiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun daraxtlar turlari aniqlansin;

qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylab  ihota va ko`kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruktsiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo`yicha loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida pudratchi tashkilotlarni zarur turdagi va miqdordagi ko`chatlar bilan ta`minlasin.

6. Tuman hokimliklari:

Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi bilan birgalikda qurilgan va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylab barpo etiladigan va  rekonstruktsiya qilinadigan ihota va ko`kalamzorlash-tiriladigan hamda obodonlashtiriladigan hududlarni er uchastkalari  bilan ta`minlash, ularning saqlanishi va foydalanilishi yuzasidan zarur choralar ko`rsinlar;

barpo etilgan va rekonstruktsiya qilingan ihota va ko`kalamzor-lashtirish daraxtzorlarini parvarish qilish, shuningdek, belgilangan tartibda boshqa shaxslarga berilgan obodonlashtirish ob`ektlari va er uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli  nazoratni ta`minlasinlar.

7. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo`mitasi qurilgan  va rekonstruktsiya qilingan suv xo`jaligi ob`ektlari bo`ylab  barpo etilgan va rekonstruktsiya qilingan ihota hamda ko`kalamzorlashtirish daraxtzorlarini muhofaza qilish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli nazorat o`rnatsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                  Q.Sariev

 

Ko'rip shi'g'i'ldi': 517