Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (54 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (54 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 9 fevraldagi “Ariza beruvchi - uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 103-sonli qarori to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi  “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to`g`risida”gi  PQ-2639-sonli,2017 yil 2 martdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi  PQ-2812-sonli hamda 2018 yil 18 yanvardagi “2018 yilda uy-joy qurilishini rivojlantirish maqsadli dasturlarini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3480-sonli qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek,  qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurishda ishtirok etuvchi potentsial uy quruvchilarni tanlab olish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi “Ariza beruvchi - uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi  103-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) Ariza beruvchi - uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to`g`risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 noyabrdagi “Ariza beruvchi - uy quruvchining fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 393-sonli qarori o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Vazirlik va idoralar, tumanlar hokimliklari, «Qishloq qurilish invest» Injiniring kompaniyasi MChJ Qoraqalpog`iston filiali, ishtirok etuvchi tijorat banklar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida va tumanlar hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash bo`yicha komissiyaning tavsiyalari asosida 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida uy quruvchilarning ishtirok etishi Sxemasiga muvofiq ishlarning amalga oshirilishini ta`minlasin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2016 yil 1 dekabrdagi  “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil  24 noyabrdagi  “Ariza beruvchi-uy quruvchining fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarori to`g`risida”gi 364-sonli qarori o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.A.Tajetdinov va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.I.Nagmetov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi  

 Vazirlar Kengashining Raisi

 

    Q.Sariev


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2293