Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (54 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (54 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi «2018 yilda respublika qishloq xo`jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi 119-sonli qarori haqida

Qishloq xo`jaligi ekinlarini etishtirish davrida o`simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek, respublika hududida zararli chigirtka va tut parvonasi ommaviy rivojlanishi va tarqalishining oldini olish hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi «2018 yilda respublika qishloq xo`jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi 119-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Q A R O R   Q I L A D I:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi «2018 yilda respublika qishloq xo`jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi 119-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) Quyidagilar:

2018 yilda mahsulot turlari bo`yicha o`simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va ularni foydalanishning prognoz ko`rsatkichlari 1-ilova*ga muvofiq;

2018 yilda o`simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalaridan foydalanishning agrotexnik muddatlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Ekologiya  va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, “O`zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ixtisoslashgan ilmiy muassasalarni jalb etgan holda ikki oy muddatda:

qishloq xo`jaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o`tlarga qarshi ishlov beriladigan maydonlar va hududlarni aniqlash;

qishloq xo`jaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o`tlarga qarshi ko`rashish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish tariflarini shakllantirish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi; 

v) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O`zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyati bilan birgalikda:

mazkur qaror bilan tasdiqlangan o`simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning prognoz ko`rsatkichlari hamda o`simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalaridan foydalanishning agrotexnik muddatlarida bajarilishi yuzasidan har chorakda monitoring amalga oshirilishini;

monitoring natijalari hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmasdan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. “Qoraqalpoqagrokimyohimoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyati:

tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yil hosili uchun o`simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini etkazib berish va qishloq xo`jaligi ekinlariga kimyoviy ishlov berish xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilar bilan bir hafta muddatda shartnomalar tuzilishini;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

kimyoviy preparatlar hamda o`simliklarni biologik himoya qilish vositalaridan foydalangan holda zararkunandalar, kasalliklar va begona o`tlar ommaviy rivojlanishi va tarqalishining oldini olish;

o`simliklarni himoya qilish vositalaridan samarali foydalanish, ularni tashish, saqlash bo`yicha belgilangan qoidalar va qo`llash reglamentlariga rioya etilishi, shuningdek, inson sog`ligi va atrof muhitga salbiy ta`siri aniqlanganda ulardan foydalanishni to`xtatishga qaratilgan ishlarni tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta`minlasin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2609