Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (56 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (56 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 fevraldagi ««O`zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to`g`risida»gi 106-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 fevraldagi ««O`zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to`g`risida»gi 106-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Q A R O R  Q I L A D I:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 fevraldagi ««O`zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to`g`risida»gi 106-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo`lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida» 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479-son qaroriga muvofiq paxta tolasini sotishning quyidagi tartibi belgilanganligi ma`lumot uchun qabul qilinganligi:

paxta tolasi uni qayta ishlash bo`yicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo`lgan mahalliy to`qimachilik korxonalariga - birja savdolari orqali;

 

«Davlat belgisi» DIChB, «O`zpaxtasanoat» AJ, O`zbekiston ko`rlar jamiyati korxonalariga va O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassasalariga - texnologik ehtiyoj va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari doirasida to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha sotilishi belgilab qo`yilganligi;

b) «O`zpaxtasanoat» AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta  tolasi eksportga xorijiy valyutada norezidentlarga birja savdolari orqali va to`g`ridan-to`g`ri kontraktlar bo`yicha sotilishi;

«O`zpaxtasanoat» AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta  tolasini saqlash hamda eksportga va respublika tashkilotlariga etkazib berish faqat paxta terminallari orqali amalga oshirilishi;

xorijiy xaridorlar hamda respublika tashkilotlari tomonidan  paxta tolasini sifati va og`irligi bo`yicha yakuniy qabul qilib olish paxta terminallarida amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

v) Quyidagilar:

Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi to`g`risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi to`g`risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi va u 2018 yil 1 apreldan  boshlab amalga kiritilganligi;

Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi to`g`risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

g) Ushbu qaror kuchga kirgungacha «O`zpaxtasanoat» AJ tomonidan  paxta tolasini eksportga va respublika tashkilotlariga sotish bo`yicha tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) ular tuzilgan vaqtda amalda bo`lgan qonun hujjatlariga va kontraktlar (shartnomalar) majburiyatlariga muvofiq bajarilishi shart ekanligi;

Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi to`g`risidagi nizom kuchga kirgungacha paxta tolasi uni qayta ishlash bo`yicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo`lgan mahalliy to`qimachilik korxonalariga «O`zpaxtasanoat» AJ bilan tuzilgan to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha etkazib berilishi belgilab qo`yilganligi;

d) Paxta tolasini birja savdolarida milliy valyutaga sotish mahalliy to`qimachilik korxonalari tomonidan yuz foiz oldindan to`lov asosida amalga oshirilishi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

 

Tijorat banklariga birja savdolarida paxta tolasi sotib olishni moliyalashtirish uchun to`qimachilik korxonalariga revol`ver asosida qayta tiklanadigan kredit liniyalari ochish tavsiya etilganligi;

e) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo`mitasi, «O`zpaxtasanoat» AJ, «O`zstandart» agentligi paxta tolasini sotishda va hisob-kitoblarda ushbu qarorda belgilangan talablarga hamda amaldagi qonun hujjatlariga qat`iy rioya qilishlari;

j) «O`zpaxtasanoat» AJ va «O`zbekiston temir yo`llari» AJ paxta tozalash sanoati korxonalarida, paxta terminallarida, shuningdek, paxta tolasini temir yo`l orqali tashishda yong`in xavfsizligi holati yuzasidan qat`iy nazoratni ta`minlash topshirilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba`zi qarorlari 2018 yil 1 apreldan boshlab o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Tumanlar hokimliklari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi, Bojxona boshqarmasi, «Qoraqalpog`iston mintaqaviy paxta terminali» MChJ, Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi paxta tolasini sotishda va hisob-kitoblarda ushbu qarorda belgilangan talablarga hamda amaldagi qonun hujjatlariga qat`iy rioya qilsinlar.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov tumanlar hokimliklari bilan birgalikda o`z ishlab chiqarish ehtiyojlarini etarli hajmdagi sifatli xomashyo bilan ta`minlash maqsadida paxta xomashyosini etishtirish, shu jumladan, uni yig`ib-terib olish va tozalash jarayonida paxta tozalash korxonalari va yog`-moy korxonalarining manfaatdorligini yanada oshirish bo`yicha tizimli choralar ko`rsinlar.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2016 yil 4 sentyabrdagi «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 avgustdagi «Paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to`g`risida»gi 286-sonli qarori ijrosini ta`minlash haqida»gi 260-sonli qarori 2018 yil 1 apreldan boshlab o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2293