Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (53 Kb)
Versiyasi'
Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (53 KB)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi “Davlat boji stavkalariga o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi 123-sonli qarori haqida
Notarial idoralariga murojaat qilish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning o`z xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan davlat boji stavkalarini maqbullashtirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
15 fevraldagi “Davlat boji stavkalariga o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi
123-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga 2018 yil 1 martdan e`tiboran ilovaga muvofiq o`zgartirish kiritilganligi;
b) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 2018 yil 1 martga qadar:
notariuslar va notarial idoralarning boshqa xodimlari o`rtasida mazkur qarorning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida hududiy seminarlarni tashkil etishi;
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi o`rtasida mazkur qarorning mazmun va mohiyati to`g`risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirishi topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1994 yil
23 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil
3 noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori to`g`risida”gi 276-son qarori bilan ma`lumot uchun qabul qilingan Davlat boji stavkalariga 2018 yil 1 martdan e`tiboran ilovaga muvofiq o`zgartirish kiritilsin.
4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi (Sadikov)ga 2018 yil
1 martga qadar:
notariuslar va notarial idoralarning boshqa xodimlari o`rtasida mazkur qarorning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida hududiy seminarlarni tashkil etishi;
“Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi” (K.Nag`metov), Matbuot va axborot agentligi (A.Bekmuratov) hamda boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi o`rtasida mazkur qarorning mazmun va mohiyati to`g`risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
5. Vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov va Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vaziri J.Sadikov zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi |
Q.Sariev |
Ko'rip shi'g'i'ldi': 5037