Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (75 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (75 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 yanvardagi

“Yo`lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar havfsizligini ta`minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlar to`g`risida”gi 42-sonli qarori haqida

2018 yil 18 yanvar` kuni Qozog`iston Respublikasi Aktyubinsk viloyatining Irgizsk tumanidagi “Qaliboy” aholi punktidan 10 kilometr uzoqlikda, “Samara-Chimkent” avtomobil` yo`lining 1068 kilometrida “Ikarus” rusumidagi yo`lovchi avtobusi yonib ketdi. Yong`in oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar bor. Ularning 55 nafari O`zbekiston Respublikasining fuqarosidir.

Isitish moslamasi bo`lmagan avtobusning texnik nosozligi, unda tez yonuvchi moddalarning bo`lgani, yong`inga qarshi uskunalarning foydalanishga yaroqsizligi, avtobusda ortiqcha yo`lovchilar bo`lgani, salonning yuklar bilan to`ldirilgani, havfsizlikning oddiy qoidalariga rioya etish bo`yicha profilaktika choralarining yo`qligi avtobus yonishining asosiy sabablari bo`lgan.

Yo`lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, bundan buyon bu kabi fojiali voqealar takrorlanishiga yo`l qo`ymaslik, baxtsiz hodisalar va yo`l-transport halokatlari yuzaga kelishini bartaraf etish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar havfsizligini ta`minlash yuzasidan kompleks shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 yanvardagi “Yo`lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar havfsizligini ta`minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlar to`g`risida”gi 42-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasidan tashqariga yo`lovchi tashuvchi avtomobil` transportida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining havfsizligini ta`minlash bo`yicha Respublika komissiyasi (keyingi o`rinlarda komissiya deb ataladi) 1 -ilovaga muvofiq tarkibda tuzilganligi;

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanganligi va unga ko`ra:

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibining bo`zilishiga olib keluvchi shart-sharoitlarni tizimli o`rganish hamda ularning oldini olish, mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

xorijga chiqayotgan fuqarolar o`rtasida transportda harakatlanish vaqtida havfsizlik choralari, xorijiy davlatda bo`lish    qoidalari, shaxsiy havfsizlik bo`yicha zarur choralar, fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari to`g`risida doimiy tushuntirish ishlari o`tkazilishini tashkil etish;

aholi o`ptasida yo`lovchi avtomobil` transportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlari haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, respublikadan tashqariga tovarlarning noqonuniy olib o`tilishiga,  yo`lovchi yo`lovchi avtomobil` transpori salonida yong`indan havfli, portlovchi, zaharli, badbo`y, radioaktiv moddalar va buyumlar shuningdek, uqotar va tig`li qurollar olib o`tilishiga yo`l qo`ymaslik va ularning oldini olish yuzasidan zarur choralar ko`rish;

zarurat bo`lganda, davlat-xycyciy sheriklik sharotida xalqaro avtobus

qatnovlarini tashkil etish, yo`lovchilar havfsizligini ta`minlash choralarini ko`rish;

xorijga chiqadigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining havfsiz harakatlanishni ta`minlash, xorijda bo`lish va mehnat faoliyatini amalga oshirish masalalari bo`yicha xorijiy davlatlar vakolatli organlari o`zaro hamkorlik qilish belgilanganligi;

b) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, hududlardagi sektorlar rahbarlariga, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga fuqarolarning xorijiy davlatlarga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushqoqlik bilan chiqishini ta`minlash, noqonuniy chiqishga yo`l qo`ymaslik, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi bo`yicha shaxsiy mas`uliyat yuklanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hududlardagi sektorlar rahbarlari va Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi  bilan birgalikda xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar guruhlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantirish va yuborish bo`yicha tizimli nazorat o`rnatish belgilab qo`yilganligi;

g) Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, shuningdek, xorijga ketayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining havfsizligini ta`minlash bo`yicha doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hududiy ishchi guruhlarning (keyingi o`rinlarda ishchi guruh deb ataladi) namunaviy tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

  d) Quyidagilar ishchi guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilanganligi, unga ko`ra:

tegishli suhbatlar va so`rovlar o`tkazish, O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o`tkazish punktlarida suhbatlashishga alohida e`tibor qaratish yo`li bilan fuqarolarning ketish maqsadlarini aniqlash;

mamlakatdan tashqariga chiqadigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan yo`lovchi avtomobil` transportida (mikroavtobuslar va avtobuslar) harakatlanishda havfsizlik qoidalari hamda xorijda bo`lish qoidalariga rioya etish to`g`risida tushuntirish ishlari va instruktaj o`tkazish;

O`zbekiston Respublikasida ro`yxatga olingan yo`lovchi avtomobil` transportida O`zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishda – transport vositasining yo`lga chiqishdan oldin texnik ko`rikdan va haydovchining tibbiy ko`rikdan o`tganligini, haydovchilarning avtobus yo`nalishlari sxemalari, shuningdek, yo`lda ob-havo sharoitlari, yo`llarning o`zgarishi va yo`lda harakatlanishni tashkil qilish to`g`risidagi axborot bilan ta`minlangani, avtobuslar va mikroavtobuslarning texnik soz holatda ekani, tegishli litsenziya kartochkalari mavjudligini puxta tekshirish;

O`zbekiston Respublikasida ro`yxatga olinmagan yo`lovchi avtomobil` transportidan O`zbekiston Respublikasidan tashqarida foydalanishda – yo`lovchini xorijiy tashuvchining transport vositasini tegishli texnik va sanitariya holatida belgilangan joyga o`z vaqtida qo`yish bo`yicha majburiyatlari, yo`lovchining majburiyatlari va huquqlari, shu jumladan ko`rsatiladigan xizmatlar ro`yxati va sifati, ularni ko`rsatish shartlari va harakatlanish yo`nalishi haqidagi aniq axborotni o`z vaqtida olish, unga va uning yukiga etkazilgan zarar yoki ziyonni qoplashni talab qilish huquqi to`g`risida xabardor qilish. Haydovchi transport vositasining texnik holati haqida axborot taqdim etmaganda va yo`lovchida ko`zdan kechirish natijasida avtobus yoki mikroavtobusning texnik nosoz ekaniga shubha tug`ilganda, yo`lovchini ketish fikridan qaytarish;

amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi axborotni har oyda umumlashtirish va Komissiyaga taqdim etish belgilab qo`yilganligi;

 

e) Davlat chegarasidan o`tkazish punktlari Chegaradosh davlatlar bilan o`tkazish punktlari to`g`risida hukumatlararo bitimlarda (Qozog`iston Respublikasi bilan 2001 yil 16 noyabrdagi, Turkmaniston Respublikasi bilan 2007 yil 18 oktyabrdagi, Qirg`izston Respublikasi bilan 2004 yil             24 iyuldagi va Tojikiston Respublikasi bilan 2002 yil 12 fevraldagi) nazarda tutilgan sharoitlarda, shu jumladan 3-ilovaga muvofiq Davlat chegarasidan avtomobillarni o`tkazish punktlari faoliyat ko`rsatishi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

j) 2018 yilning 1 fevralidan boshlab, yo`lovchilar bilan Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan avtobuslar va mikroavtobuslar yo`lga chiqishdan oldin O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo`l harakati havfsizligi davlat xizmati tomonidan Yong`in havfsizligi davlat xizmati vakillarini jalb etgan holda, avtotransport vositalarining harakatlanish ro`yxati hamda jadvaliga muvofiq texnik ko`rikdan o`tkazilishi belgilab quyilganligi;

z) O`zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligiga:

avtovokzallar va avtostantsiyalarning ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etishi bo`yicha nazoratni kuchaytirsin, bunda tashish havfsizligi va yong`in havfsizligi, texnika havfsizligiga rioya etilishi, yo`lga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik ko`rikdan va haydovchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish yuzasidan talablar bajarilishi, faqat litsenziya kartochkalariga ega avtotransport vositalariga xizmat ko`rsatilishiga alohida e`tibor qaratish;

hududiy boshqarmalar inspektorlarining tashish xavfsizligiva yong`in havfsizligi talablariga rioya etilishini, avtomobil` transportida yo`lovchi va yuk tashiydigan avtotransport vositalarining litsenziya kartochkalari mavjudligi, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etishini nazorat qilish bo`yicha faoliyatini faollashtirish;

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqadigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining borishi zarurligini inobatga olib, chegaradosh davlatlar bilan xalqaro yo`llarda muntazam yo`lovchi avtobus qatnovlarini tashkil etish to`g`risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga mamlakat ichida va tashqarisida sayyohlar guruhlarini tashkil etishda transportda harakatlanish chog`ida havfsizlik qoidalariga rioya etish bo`yicha asosiy talablar, xorijda bo`lganda fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari to`g`risida doimiy tushuntirish ishlari o`tkazilishini ta`minlash topshirilganligi;

k) O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga:

chegaradosh davlatlarning tegishli vazirlik va idoralari bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini noqonuniy tashish va ular ishtirokida baxtsiz holatlarning oldini olish maqsadida borgan mamlakatda avtotransport vositalarida havfsizlik standartlari va talablarini takomillashtirish yuzasidan  uzaro hamkorlikni ta`minlash;

borgan mamlakatda ro`y bergan hodisa oqibatida jabrlangan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari tomonidan shoshilinch yordam ko`rsatish choralarini ko`rish mexanizmini ikki hafta muddatda ishlab chiqish topshirilganligi;

l) O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga va Tashqi ishlar vazirligiga dahldor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda Qozog`iston Respublikasining Aktyubinsk viloyatida yo`lovchi avtotransportida ro`y bergan favqulodda vaziyat oqibatida jabrlangan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko`rsatish ishlarini tashkil etishda o`zaro hamkorlik tajribasini hisobga ollgan holda, ni bir oy muddatda ishlab chiqish va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritish topshirilganligi;

m) O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga:

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijda ishga joylashtirish uchun tanlash va yollash tashkil etilgani to`g`risida fuqarolarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib hamda “sms” xabarlar yuborish orqali keng xabardor qilish ishlarini faollashtirish;

O`zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqadigan respublika fuqarolari uchun eslatmani (keyingi o`rinlarda Eslatma deb ataladi) bir hafta muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilar nazarda tutilishi:

transportda harakatlanishda havfsizlik qoidalariga rioya etishning asosiy talablari, xorijiy davlatda bo`lish qoidalari, xorijga chiqadigan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari;

O`zbekiston Respublikasi Tashqi migratsiya agentligi va huquqni muhofaza qilish organlarining ishonch telefonlari va veb-saytlari elektron manzillari, O`zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari, shuningdek, boshqa davlatlar hududidagi O`zbekiston Respublikasi elchixonalari va konsullik xizmatlarining telefonlari ko`rsatilgan holda, odam savdosi holatlari to`g`risida xabardor qilish zarurligi haqida ogohlantirish belgilanganligi;

Bunda ishchi guruhlarni O`zbekiston Respublikasining xorijga ketayotgan har bir fuqarosiga berish uchun etarli miqdorda Eslatmalar bilan ta`minlash topshirilganligi;

n) O`zbekiston Respublikasi Milliy havfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mitasiga hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga harakatlanish chog`ida, xorijda bo`lish vaqtida o`zini tutish qoidalari, havfsizlik choralari, xorijiy davlatda favqulodda vaziyatlarga tushgan fuqarolarga yordam ko`rsatadigan organlarning ishonch telefonlari haqidagi axborot aks ettirilgan stendlar o`tkazish punktlarida joylashtirilishini tashkil qilish topshirilganligi;

o) O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga “O`zbekiston havo yo`llari” MAK va “O`zbekiston temir yo`llari” aktsiyadorlik jamiyati bilan birgalikda xorijda ish bilan ta`minlash uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlash va yollashni tashkil etishda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining markazlashtirilgan buyurtmanomalari asosida aviatsiya va temir yo`l transportida tashish uchun avia hamda temir yo`l chiptalarini imtiyozli tariflar bo`yicha rasmiylashtirish nazarda tutilgan Idoralararo bitimni ikki hafta muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilganligi;

p) “O`zbekiston havo yo`llari” MAKga va “O`zbekiston temir yo`llari” aktsiyadorlik jamiyatiga O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqadigan fuqarolar o`rtasida ehtiyoj bo`lgan yangi yo`nalishlarni tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi va bunda:

charter qatnovlarni amalga oshirishni va harakatdagi temir yo`l tarkibi sonini, shu jumladan platskart vagonlar ulushini ko`paytirishni;

byudjeti past bo`lgan xorijiy avia va temir yo`l kompaniyalarini jalb etishni, shu jumladan “Rossiya temir yo`llari” OAJ bilan hamkorlik qilish masalasini ko`rib chiqishni nazarda tutish topshirilganligi;

r) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga O`zbekiston Respublikasining xorijga chiqadigan fuqarolari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi MXX Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mitasidan kelib tushadigan zarur axborotni Komissiya, Davlat statistika qo`mitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga har oy taqdim etib borishi topshirilganligi;

s) O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, Tashqi ishlar vazirligiga va O`zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligiga O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda respublika tashqarisiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketadigan fuqarolar uchun chegaradosh davlatlar qonunchiligining qoidalari va talablari tushuntirilgan videorolikni o`n kun muddatda tayyorlasin hamda uning ommaviy axborot vositalarida muntazam efirga uzatilishini ta`minlash topshirilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasiga tayyorlangan videorolikning chegaraoldi bojxona postlaridagi monitorlarda muntazam namoyish etilishini ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, shuningdek, xorijga ketayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining havfsizligini ta`minlash bo`yicha doimiy faoliyat ko`rsatuvchi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy ishchi guruh ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

4. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Tegishli suhbatlar va so`rovlar o`tkazish, O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o`tkazish punktlarida suhbatlashishga alohida e`tibor qaratish yo`li bilan fuqarolarning ketish maqsadlarini aniqlash;

mamlakatdan tashqariga chiqadigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan yo`lovchi avtomobil` transportida (mikroavtobuslar va avtobuslar) harakatlanishda havfsizlik qoidalari hamda xorijda bo`lish qoidalariga rioya etish to`g`risida tushuntirish ishlari va instruktaj o`tkazish;

Qoraqalpog`iston Respublikasida ro`yxatga olingan yo`lovchi avtomobil` transportida Qoraqalpog`iston Respublikasidan tashqariga chiqishda – transport vositasining yo`lga chiqishdan oldin texnik ko`rikdan va haydovchining tibbiy ko`rikdan o`tganligini, haydovchilarning avtobus yo`nalishlari sxemalari, shuningdek, yo`lda ob-havo sharoitlari, yo`llarning o`zgarishi va yo`lda harakatlanishni tashkil qilish to`g`risidagi axborot bilan ta`minlangani, avtobuslar va mikroavtobuslarning texnik soz holatda ekani, tegishli litsenziya kartochkalari mavjudligini puxta tekshirish;

Qoraqalpog`iston Respublikasida ro`yxatga olinmagan yo`lovchi avtomobil` transportidan Qoraqalpog`iston Respublikasidan tashqarida foydalanishda – yo`lovchini xorijiy tashuvchining transport vositasini tegishli texnik va sanitariya holatida belgilangan joyga o`z vaqtida qo`yish bo`yicha majburiyatlari, yo`lovchining majburiyatlari va huquqlari, shu jumladan ko`rsatiladigan xizmatlar ro`yxati va sifati, ularni ko`rsatish shartlari va harakatlanish yo`nalishi haqidagi aniq axborotni o`z vaqtida olish, unga va uning yukiga etkazilgan zarar yoki ziyonni qoplashni talab qilish huquqi to`g`risida xabardor qilish. Haydovchi transport vositasining texnik holati haqida axborot taqdim etmaganda va yo`lovchida ko`zdan kechirish natijasida avtobus yoki mikroavtobusning texnik nosoz ekaniga shubha tug`ilganda, yo`lovchini ketish fikridan qaytarish;

har oyda amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish  va axborotlarni Respublika komissiyaga taqdim etib borishni ta`minlash.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari, tumanlar va Nukus shahri hokimlari, hududlardagi sektorlar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga fuqarolarning xorijiy davlatlarga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushqoqlik bilan chiqishini ta`minlash, noqonuniy chiqishga yo`l qo`ymaslik, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi bo`yicha shaxsiy mas`uliyat yuklansin.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududlardagi sektorlar rahbarlari va Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi  bilan birgalikda xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar guruhlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantirish va yuborish bo`yicha tizimli nazorat o`rnatsin.

7. Qoraqalpog`iston Respublikasida Davlat chegarasidan avtomobillarni o`tkazish punktlari «Daut-ata» va «Xo`jayli» faoliyat ko`rsatishi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

8. O`zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi:

avtovokzallar va avtostantsiyalarning ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etishi bo`yicha nazoratni kuchaytirsin, bunda tashish havfsizligi va yong`in havfsizligi, texnika havfsizligiga rioya etilishi, yo`lga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik ko`rikdan va haydovchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish yuzasidan talablar bajarilishi, faqat litsenziya kartochkalariga ega avtotransport vositalariga xizmat ko`rsatilishiga alohida e`tibor qaratsin;

boshqarma inspektorlarining tashish xavfsizligi va yong`in havfsizligi talablariga rioya etilishini, avtomobil` transportida yo`lovchi va yuk tashiydigan avtotransport vositalarining litsenziya kartochkalari mavjudligi, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etishini nazorat qilish bo`yicha faoliyatini faollashtirsin;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqadigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining borishi zarurligini inobatga olib, chegaradosh davlatlar bilan xalqaro yo`llarda muntazam yo`lovchi avtobus qatnovlarini tashkil etish to`g`risida un kun muddatda Vazirlar Kengashiga taklif kiritsin.

9. O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi mamlakat ichida va tashqarisida sayyohlar guruhlarini tashkil etishda transportda harakatlanish chog`ida havfsizlik qoidalariga rioya etish bo`yicha asosiy talablar, xorijda bo`lganda fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari to`g`risida doimiy tushuntirish ishlari o`tkazilishini ta`minlasin.

10. Qoraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Nukus filiali tomonidan xorijda ishga joylashtirish uchun tanlash va yollash tashkil etilgani to`g`risida fuqarolarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib hamda “sms” xabarlar yuborish orqali keng xabardor qilish ishlarini faollashtirsin;

O`zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqadigan respublika fuqarolari uchun O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan eslatma asosida ishni tashkillashtirish va unga ko`ra:

transportda harakatlanishda havfsizlik qoidalariga rioya etishning asosiy talablari, xorijiy davlatda bo`lish qoidalari, xorijga chiqadigan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari;

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Nukus filiali huquqni muhofaza qilish organlarining ishonch telefonlari va veb-saytlari elektron manzillari, Koraqalpog`iston Respublikasining vakolatli davlat organlari, shuningdek, boshqa davlatlar hududidagi O`zbekiston Respublikasi elchixonalari va konsullik xizmatlarining telefonlari ko`rsatilgan holda, odam savdosi holatlari to`g`risida xabardor qilish zarurligi haqida ogohlantirish.

Bunda ishchi guruhning O`zbekiston Respublikasining xorijga ketayotgan har bir fuqarosiga berish uchun etarli miqdorda Eslatmalar bilan ta`minlash topshirilsin.

11. Milliy xavfsizlik xizmati  Davlat chegaralarini quriqlash va himoya qilish qo`mitasi 9202-sonli xarbiy qism hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi harakatlanish chog`ida, xorijda bo`lish vaqtida o`zini tutish qoidalari, havfsizlik choralari, xorijiy davlatda favqulodda vaziyatlarga tushgan fuqarolarga yordam ko`rsatadigan organlarning ishonch telefonlari haqidagi axborot aks ettirilgan stendlar o`tkazish punktlarida joylashtirilishini tashkil qilish so`ralsin.

12. Koraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga  Qung`irot temir yo`l zel iva «Nukus xalqaro aeroporti»  bilan birgalikda xorijda ish bilan ta`minlash uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlash va yollashni tashkil etishda O`zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining markazlashtirilgan buyurtmanomalari asosida aviatsiya va temir yo`l transportida tashish uchun avia hamda temir yo`l chiptalarini imtiyozli tariflar bo`yicha tasdiqlangan Idoralararo bitim asosida amalga oshirish topshirilsin.

13. Koraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga O`zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi Koraqalpog`iston Respublikasi teleradiokompaniyasi bilan birgalikda respublika tashqarisiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketadigan fuqarolar uchun chegaradosh davlatlar qonunchiligining qoidalari va talablari tushuntirilgan videorolikni o`n kun muddatda tayyorlasin hamda uning ommaviy axborot vositalarida muntazam efirga uzatilishini ta`minlasin.

O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi tayyorlangan videorolikning chegara oldi bojxona postlaridagi monitorlarda muntazam namoyish etilishini ta`minlasin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.A.Tajetdinov, Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari S.I.Nagmetov, M.A.Jumanov, M.Sh.Aleuov, Z.A.Ibragimova hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri U.A.Saburov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi  

 Vazirlar Kengashining Raisi

 

    Q.Sariev


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2349