Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (67 Kb)
Versiyasi'
Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (67 KB)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 fevraldagi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 fevraldagi «2018 yil mavsumida ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta`minlash va suv tanqisligi salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar to`g`risida»gi 74-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 fevraldagi «2018 yil mavsumida ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta`minlash va suv tanqisligi salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar to`g`risida»gi 74-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan:
a) 2018 yil mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta`sirini yumshatish, sug`oriladigan erlarni suv bilan kafolatli ta`minlash hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish tadbirlarini muvofiqlashtirish bo`yicha respublika ishchi guruhining (keyingi o`rinlarda respublika ishchi guruhi deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
Respublika ishchi guruhiga:
suv omborlaridagi suv resurslaridan foydalanishni to`liq nazoratga olish, ayniqsa, suv omborlaridan suv chiqarishni qat`iy ravishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining aniq hisob-kitoblarga asoslangan buyurtmanomalari bo`yicha amalga oshirishni yo`lga qo`yish;
mavjud sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining mavsumga shayligini ta`minlash bilan bog`liq barcha tadbirlar ijrosi ustidan qat`iy monitoring olib borish tizimini yo`lga qo`yish;
respublika hududlarida ekilgan barcha turdagi ekinlarning suv bilan ta`minlanganlik darajasidan kelib chiqib joylashtirilishini, ayniqsa, suv ko`p talab qiladigan ekin maydonlarini zarur hollarda qisqartirish choralarini ko`rish;
mavsum davomida har 10 kunda suv resurslaridan samarali foydalanish holatini tanqidiy o`rganish va ushbu masalada mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish topshirilganligi;
b) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta`sirini yumshatish, suv resurslaridan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish bo`yicha viloyat, tuman va to`rtta sektorda hududiy ishchi guruhlar tarkibini uch kun muddatda tasdiqlash topshirilganligi;
v) Respublika ishchi guruhiga O`zgidromet markazi tomonidan 2018 yil sug`orish mavsumi uchun taqdim qilinadigan aniq prognoz ma`lumotlariga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda qishloq xo`jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishning prognoz hajmlari to`g`risida» 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3281-son qarori bilan tasdiqlangan prognoz parametrlariga suvni ko`p talab qiladigan sholi va boshqa ekinlarni, shuningdek, takroriy ekinlarni joylashtirish bo`yicha tegishli o`zgartirish kiritish bo`yicha taklif tayyorlash topshirilganligi;
g) Quyidagilar:
2018 yil mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta`sirini yumshatish, sug`oriladigan erlarni suv bilan kafolatli ta`minlashda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiqligi;
2018 yil mavsumida qishloq xo`jaligi ekinlarini sug`orish uchun cheklangan suv hajmi 3- ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
2018 yil fevral-may oylarida suv xo`jaligi tashkilotlarining ekspluatatsiya mablag`lari hisobidan amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini, nasos agregatlari va vertikal quduqlarni ta`mirlash-tiklash ishlari rejasi 4, 4.1 - 4.13 va 5- ilovalarga muvofiq tasdiqlanganligi;
O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 10 kun muddatda ushbu qarorning 3-ilovasidan kelib chiqib cheklangan suv hajmlarini har bir sug`orish tarmog`i, suv iste`molchilari va fermer xo`jaliklari bo`yicha tasdiqlab, tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini ta`minlash topshirilganligi;
d) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligiga 2018 yil fevral-may oylarida suv tanqisligining salbiy ta`sirini yumshatish maqsadida birinchi navbatda bajarilishi lozim bo`lgan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga ajratilgan ekspluatatsiya xarajatlari hamda Sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg`armasini boshqarish departamentiga III-IV choraklariga ajratilgan mablag`-larning bir qismini asoslangan hisob-hitoblariga ko`ra I va II choraklarga ko`chirib moliyalashtirishni ta`minlash topshirilganligi;
e) 2018 yil fevral-may oylarida suv iste`molchilari uyushmalari va fermer xo`jaliklarining mablag`lari hisobidan sug`orish tarmoqlari va gidrotexnika inshootlarini ta`mirlash-tiklash hamda suv olish joylarini suvni boshqarish vositalari bilan jihozlash ishlarining ko`rsatkichlari 6 va 6.1 - 6.13- ilovalarga muvofiq tasdiqlanganligi;
j) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo`jaligi texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg`armasi «Agrobank» ATB, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yil kuzgi boshoqli don va paxta hosilini etishtirish harajatlarini moliyalashtirishda suv iste`molchilari ish haqi xarajatlari uchun har 15 kunda maqsadli mablag`lar ajratilishini ta`minlash topshirilganligi;
z) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
2018 yilning 10 fevraligacha Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi-ning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq ekin maydonlariga kollektor-drenaj tarmoqlaridan qo`shimcha suv etkazib berish uchun 1000 ta ko`chma dizel` nasos agregatlarini xarid qilish uchun mablag` ajratish masalasini hal qilish;
Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tizimidagi nasos stantsiyalar va vertikal quduqlarning elektr energiyasi uchun sarflangan xarajatlari 2018 yil 1 iyul` va yil yakunlari bo`yicha to`liq qoplab berilishini ta`minlash topshirilganligi;
i) 2018 yil mavsumida suvni tejaydigan sug`orish texnologiya-larini joriy qilishning prognoz ko`rsatkichlari 7 va 7.1 - 7.13- ilovalarga muvofiq tasdiqlanganligi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga fermer xo`jaliklari bo`yicha suvni tejaydigan sug`orish texnologiyalarini joriy qilishning manzilli dasturini 15 kun muddatda tasdiqlash va «O`zmeliomashlizing» DUKga taqdim qilish;
«O`zmeliomashlizing» DUKga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturga asosan tegishli fermer xo`jaliklari va qishloq xo`jaliklari mahsulotlari etishtiruvchilarga ko`chma egiluvchan quvurlar komplekti lizing asosida etkazib berilishini ta`minlash topshirilganligi;
Barcha tijorat banklariga fermer xo`jaliklariga va qishloq xo`jalik mahsulotlari etishtiruvchilariga ko`chma egiluvchan quvurlar komplektini lizing asosida xarid qilish uchun zarur hajmda foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo`lmagan miqdorda kreditlar ajratish tavsiya qilinganligi;
k) O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi bilan birgalikda suv resurslarini tejash va ekinlarni sug`orish davriyligini qisqartirishning innovatsion takliflarini ishlab chiqish va rivojlangan mamlakatlarning sohaga oid ilg`or tajribalarini qo`llash choralarini ko`rish topshirilganligi;
l) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, «O`zbekenergo» aktsiyadorlik jamiyatiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda suv olish limitlariga muvofiq nasos stantsiyalari va quduqlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlash jadvallarini bir hafta muddatda tasdiqlash hamda bajarilishi ustidan qat`iy nazorat o`rnatish topshirilganligi;
m) O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Davlat soliq qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
joriy yilning 25 fevraligacha har bir viloyat va tumanda suv resurslaridan samarali foydalanish, irrigatsiya tizimlari va sug`orish tarmoqlarini tozalash, nasos agregatlari va gidrotexnika inshootlarini ta`mirlash, fermer xo`jaliklarining suv olish joylarini suvni boshqarish vositalari bilan jihozlash, suvni tejaydigan sug`orish texnologiyalarini joriy qilish, dalada suvchilar uchun sharoitlar yaratilishi va tungi sug`orish ishlari tashkil etilishi bo`yicha o`quv-taktik mashg`ulotlarini tashkil etish;
tungi sug`orishni tashkil qilish hamda mazkur ishlarga jalb qilinganlarga zarur sharoitlar yaratilishi yuzasidan tizimli monitoring o`rnatish va har 10 kunda Respublika ishchi guruhiga axborot berish topshirilganligi;
n) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, «O`zbekneftgaz» aktsiyadorlik jamiyatiga 2018 yil mavsumida kutiladigan suv tanqisligining salbiy ta`sirini yumshatish maqsadida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq ko`chma egiluvchan quvurlar komplektini ishlab chiqarish uchun «Jizzaxplastmassa» aktsiyadorlik jamiyatiga, chigitni plyonka ostiga ekish uchun talab etiladigan plyonka mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun «Andijon-polietileni» mas`uliyati cheklangan jamiyatga 15 kun muddatda polietilen granulasi istisno tariqasida chegaralangan narxlarda ajratilishini ta`minlash topshirilganligi;
o) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlarning to`rtta sektor rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan har bir tadbirning aniq ijrosini va muddatlarini belgilash va ijrosi ustidan kunlik nazoratni amalga oshirish uchun shaxsan mas`ul ekanligi belgilab qo`yilganligi;
p) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ushbu qarorda belgilangan tadbirlarning o`z vaqtida, to`liq va sifatli bajarilishi ustidan qat`iy nazorat o`rnatish hamda tadbirlar o`z vaqtida bajarilishini ta`minlamagan yoki sustkashlikka yo`l qo`ygan barcha bo`g`indagi rahbarlar va mas`ullarga nisbatan qat`iy choralar ko`rish tavsiya etilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. 2018 yil mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta`sirini yumshatish, suv resurslaridan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhiga:
mavjud sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining mavsumga shayligini ta`minlash bilan bog`liq barcha tadbirlar ijrosi ustidan qat`iy monitoring olib borish tizimini yo`lga qo`yish;
respublika hududlarida ekilgan barcha turdagi ekinlarning suv bilan ta`minlanganlik darajasidan kelib chiqib joylashtirilishini, ayniqsa, suv ko`p talab qiladigan ekin maydonlarini zarur hollarda qisqartirish choralarini ko`rish;
mavsum davomida har 10 kunda suv resurslaridan samarali foydalanish holatini tanqidiy o`rganish va ushbu masalada mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish;
Gidrometeorologiya boshqarmasi tomonidan 2018 yil sug`orish mavsumi uchun taqdim qilinadigan aniq prognoz ma`lumotlariga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda qishloq xo`jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishning prognoz hajmlari to`g`risida» 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3281-son qarori bilan tasdiqlangan prognoz parametrlariga suvni ko`p talab qiladigan sholi va boshqa ekinlarni, shuningdek, takroriy ekinlarni joylashtirish bo`yicha tegishli o`zgartirish kiritish bo`yicha taklif tayyorlash topshirilsin.
4. Quyidagilar:
2018 yil mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta`sirini yumshatish, sug`oriladigan erlarni suv bilan kafolatli ta`minlashda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
2018 yil mavsumida qishloq xo`jaligi ekinlarini sug`orish uchun cheklangan suv hajmi 3- ilovaga muvofiq;
2018 yil fevral`-may oylarida suv xo`jaligi tashkilotlarining ekspluatatsiya mablag`lari hisobidan amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini hamda nasos agregatlarini ta`mirlash-tiklash ishlari rejasi 4, 4.1 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 5 kun muddatda ushbu qarorning 3-ilovasidan kelib chiqib cheklangan suv hajmlarini har bir sug`orish tarmog`i, suv iste`molchilari va fermer xo`jaliklari bo`yicha tasdiqlab, tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini ta`minlasinlar.
5. 2018 yil fevral`-may oylarida suv iste`molchilari uyushmalari va fermer xo`jaliklarining mablag`lari hisobidan sug`orish tarmoqlari va gidrotexnika inshootlarini ta`mirlash-tiklash hamda suv olish joylarini suvni boshqarish vositalari bilan jihozlash ishlarining ko`rsatkichlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo`jaligi texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg`armasi, «Agrobank» ATB Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yil kuzgi boshoqli don va paxta hosilini etishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda suv iste`molchilari ish haqi xarajatlari uchun har 15 kunda maqsadli mablag`lar ajratilishini ta`minlasinlar.
7. 2018 yil mavsumida suvni tejaydigan sug`orish texnologiya-larini joriy qilishning prognoz ko`rsatkichlari 7 ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tumanlar hokimliklari Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan birgalikda fermer xo`jaliklari bo`yicha suvni tejaydigan sug`orish texnologiyalarini joriy qilishning manzilli dasturini 15 kun muddatda tasdiqlasinlar va «O`zmeliomash-lizing» DUKga taqdim qilsin.
8. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, «Qoraqalpoq elektr tarmoqlari» aktsiyadorlik jamiyati tumanlar hokimliklari bilan birgalikda suv olish limitlariga muvofiq nasos stantsiyalari va quduqlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlash jadvallarini bir hafta muddatda tasdiqlasinlar hamda bajarilishi ustidan qat`iy nazorat o`rnatsinlar.
9. Qoraqalpog`iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Davlat soliq boshqarmasi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
joriy yilning 25 fevraligacha har bir tumanda suv resurs-laridan samarali foydalanish, irrigatsiya tizimlari va sug`orish tarmoqlarini tozalash, nasos agregatlari va gidrotexnika inshootlarini ta`mirlash, fermer xo`jaliklarining suv olish joylarini suvni boshqarish vositalari bilan jihozlash, suvni tejaydigan sug`orish texnologiyalarini joriy qilish, dalada suvchilar uchun sharoitlar yaratilishi va tungi sug`orish ishlari tashkil etilishi bo`yicha o`quv-taktik mashg`ulotlarini tashkil etish;
tungi sug`orishni tashkil qilish hamda mazkur ishlarga jalb qilinganlarga zarur sharoitlar yaratilishi yuzasidan tizimli monitoring o`rnatsinlar va har 10 kunda ishchi guruhiga axborot berish topshirilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi |
Q.Sariev |
Ko'rip shi'g'i'ldi': 4538