Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (61 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (61 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 martdagi «2018 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don maydonlarini o`z vaqtida mineral o`g`itlar bilan oziqlantirishni tashkil etish, mahalliy o`g`it jamg`arish, ularni dalaga chiqarish

2018 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarini                       mineral o`g`itlar bilan oziqlantirishni tashkil etish, mahalliy o`g`it              jamg`arish, uni dalaga chiqarish, o`simliklar zararkunanda va kasalliklarga            qarshi samarali kurashish tizimini joriy qilish hamda hosildorlikni                    yanada oshirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Q A R O R  Q I L A D I:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
13 martdagi «2018 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don maydonlarini              o`z vaqtida mineral o`g`itlar bilan oziqlantirishni tashkil etish,                         mahalliy o`g`it jamg`arish, ularni dalaga chiqarish hamda o`simliklar                zararkunanda va kasalliklariga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 01-03/1-718-sonli yig`ilish bayoni (6-bandi) topshiriqlari                   ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi (A.Aminov), Quyi Amudaryo               irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (J.Uzaqov), Qoraqalpog`iston                  fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi (Q.Nurumbetov), «Qoraqalpoq agrokimyohimoya» HAJ (S.Djumanazarov) va tumanlar hokimlari tomonidan joriy yilning 13 martidan - 13 apreligacha «Boshoqli don ekinlari parvarishida bir oylik favqulodda holat» deb e`lon qilish to`g`risidagi takliflari ma`qullansin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlarida joriy yilning 13 martidan - 13 apreligacha «Boshoqli don ekinlari parvarishida bir oylik favqulodda holat» deb e`lon qilish munosabati bilan g`alla maydonlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

 

2018 yil hosili uchun ekilgan g`alla maydonlarini suspenziya bilan oziqlantirish tadbirlarini o`tkazish grafigi 2-ilovaga;

g`alla maydonlarini suspenziya bilan oziqlantirishda talab etiladigan mineral o`g`itlar va mablag`lar hisob-kitobi  2.1, 2.2, 2.3-ilovalarga;

2018 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarni o`tkazilishini o`rganish va amaliy yordam berish bo`yicha tashkil etilgan Ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga;

2018 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarni o`tkazilishini o`rganish va amaliy yordam berish bo`yicha tashkil etilgan Ishchi guruh uchun eslatma 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi (A.Aminov) bir kun muddatda boshoqli don parvarishi bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi shtabini tashkil etsin va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda boshoqli don parvarishi bo`yicha tuman shtablari faoliyatini yo`lga qo`ysin.

G`alla parvarishi bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi va tuman shtablariga:

ishchi guruhlar tomonidan o`rganilgan hududlarning ma`lumotlarini  tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko`rish;

mahalliy o`g`it jamg`arish, rivojdan orqada qolgan maydonlarga                    qo`shimcha ishlov berish, mineral o`g`itlar bilan oziqlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;

tahliliy ma`lumotlar asosida boshoqli don parvarishi bo`yicha selektor yig`ilishlarini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.

5. Tumanlar hokimlari bir kun muddatda ushbu qarordan kelib chiqib, «Boshoqli don ekinlari parvarishida bir oylik favqulodda holat» yuzasidan o`z qarorlarini qabul qilsinlar.

Bunda, 4 ta sektor kesimida har bir fermer xo`jaligining boshoqli                   don ekinlari holati bo`yicha kamchiliklari va ularni bartaraf etish bo`yicha              chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi nazarda tutilsin.

4 ta sektor rahbarlarining o`z hududidagi fermer xo`jaliklarining boshoqli don ekinlari parvarishiga shaxsan mas`ul ekanliklari belgilab qo`yilsin.

6. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi (A.Aminov), «Qoraqalpoq agrokimyohimoya» HAJ (S.Djumanazarov), tumanlar hokimlari va sektor rahbarlariga yopiq birja savdolarida sotib olingan karbamid mineral o`g`itining qat`iy ravishda faqat suspenziya tadbirlariga sarflanishi ustidan nazorat o`rnatsin.

 

7. Veterinariya qo`mitasi (M.Qaypanov), «Qoraqalpoqagrokimyohimoya»             HAJ (S.Djumanazarov), «Taxiatoshdon mahsulotlari» AJ (J.Utemuratov), «Qung`irot un zavodi» AJ (Q.Abdijamilov), «Qoraqalpoqdonmahsulotlari»              AJ (E.Xudoyarov), «To`rtko`ldonmahsulotlari» MChJ (A.Ro`zmetov), «Chimboydon mahsulotlari» MChJ (J.Bayniyazov) va Davlat sanitariya epidemiologiya               nazorat markazi (B.Qutlimuratov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza              qilish qo`mitasi (T.Xojanazarov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda veterinariya bo`limlari boshliqlari boshchiligida yil davomida ishlaydigan Shtablar tashkil etsinlar.

Shtablarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

ikki kun muddatda har gektar g`alla maydoniga 5 tonnadan mahalliy              o`g`it jamg`arish va dalaga chiqarish grafik-rejasini fermer xo`jaliklari kesimida ishlab chiqish;

tashkil etilgan tumanlararo otryadlarga tumanlardagi qishloq xo`jaligi texnikalarini mahalliy o`g`it jamg`arish va dalaga chiqarish uchun to`liq jalb qilish;

bir hafta muddatda aholi punktlaridagi kunlik, oylik mahalliy             o`g`itlar zaxirasini aniqlash va ularni dalaga chiqarish grafiklarini              (mahallalar bo`yicha muddatlari aniq ko`rsatilgan) tasdiqlash va ishchi taqdim  etish;

hududlardagi qoramolchilik xo`jaliklari va parrandachilik fermalarini xatlovdan o`tkazib, go`ng zahiralarini aniqlash va dalaga chiqarilishini tizimli tashkil etish;

xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarga tozalik-gigiena, har xil kasalliklarni oldini olish maqsadida «Tozalik-tuman boylik, mahalliy o`g`it-mo`l hosildorlik» shiorlari ostida aholi punktlari va mahallalarda keng jamoatchilik o`rtasida targ`ibot ishlarini olib borish vazifalari yuklatilsin.

8. Tumanlar hokimliklari, «Taxiatosh neft baza» MChJ (e.Abdimuratov), Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi (A.Aminov) bilan birgalikda mahalliy o`g`it jamg`arish, dalaga chiqarish uchun sarf bo`ladigan barcha yoqilg`i-moylash materiallari fermer xo`jaliklari hisobidan (texnologik kartalarda ko`zda tutilgan miqdorlar hisobidan) belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta`minlasin.

9. Tumanlar hokimlari, «Qoraqalpoqagrokimyohimoya» HAJ (S.Djumanazarov), «Agrobank» ATBning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi (J.Baltabaev)ga boshoqli don etishtirish uchun qo`shimcha ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari hisobidan buyurtmalarni shakllantirib, o`simliklar kasalligi va zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlari uchun talab etiladigan mablag`larini belgilangan tartibda yo`naltirish choralarini ko`rsin.

10. Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (J.Uzaqov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda uch kun muddatda:

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va tumanlar irrigatsiya bo`limlari tomonidan har bir fermer xo`jaligining sug`orish tarmog`ini                        suv olish joyini suvni boshqarish vositasi bilan jihozlash, ekin                        maydoni boshida sharbat uralarini tayyorlash, har 5 gektar maydonga bir nafardan suvchilarni jalb qilish ishlarini;

har bir suv iste`molchilari uyushmalariga suv xo`jaligi              tashkilotlaridan mas`ul rahbar-mutaxassislarni biriktirib, fermerlarning talabnomasi asosida g`alla ekinlariga sug`orish uchun o`z vaqtida suv etkazib berishni ta`minlashni;

hududlarga suv xo`jaligi tashkilotlarining ekskavatorlarini            biriktirib, o`z mablag`lari hisobidan dizel yonilg`isini bergan fermer xo`jaliklarining sug`orish tarmoqlarini mexanizmda tozalash, sharbat                         suvi o`ralarini kovlab berishni tashkil qilsin.

11. Tumanlar hokimlari «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ (Z.Kerimzatov) bilan birgalikda:

ikki kun muddatda tumandagi nasos agregatlarini uzluksiz                          elektr energiyasi bilan ta`minlashni tashkil qilish uchun vakolatli                      rahbarni biriktirish tavsiya etilsin;

Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (J.Uzaqov)                     bilan kelishilgan jadval asosida nasoslarni ularga bog`langan                       hududlarda g`alla sug`orish ishlari uchun talab etiladigan elektr energiyasi              bilan ta`minlash hamda zarur mablag`lar to`lovini nazoratiga olsin.

12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Kengashi             Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                         Q.Sariev

 


Ko'rip shi'g'i'ldi': 1457