Совет Министров Республики Каракалпакстан

Портал государственной власти Республики Каракалпакстан


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Скачать страницу в PDF Скачать страницу в PDF (59 Kb)    Версия    Скачать страницу в doc (59 KB)

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondini qo‘llab-quvvatlashga doir ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”

LOYIHA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining QARORI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil
30 yanvardagi “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondini qo‘llab-quvvatlashga doir ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 20-sonli qarori haqida

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondininig ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlashga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga va respublikada sog‘lom avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan vazifalarni hal etishda faol ishtirok etishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek 2014 yilning “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Kengashi qaror qiladi: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil
30 yanvardagi “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 20-sonli qarori  ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko‘rsatilgan qarori bilan:

a) quyidagilar “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining (keyingi o‘rinlarda Fond deb ataladi) eng muhim vazifalari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinganligi:

jamoatchilik va davlat tuzilmalarining jahon tajribasini hisobga olgan holda sog‘lom, barkamol yosh avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish;

davlatning ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlashga, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlari maqsadlari va mazmun-mohiyatini  aholi orasida keng targ‘ib etishni tashkil qilish;

aholining ehtiyojmand qatlamlariga, eng avvalo, ko‘p bolali oilalar, ayollar, nogironlar, nogiron bolalar va bolalar uylari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, «Sahovat» va «Muruvvat» internat uylarida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yashovchi shaxslarga muruvvat yordami ko‘rsatish;

perinatal markazlar, skrining–markazlar, reabilitatsiya markazlari, tug‘ruqqa  ko‘maklashuvchi, pediatriya davolash-profilaktika muassasalari va boshqa muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga har tomonlama ko‘maklashish;   

profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish ishonchliligini oshirish, nogironlikni reabilitatsiya qilish, oldini olish va ular profilaktikasi ishlari, onkologiya muassasalari, silga qarshi xizmatlar va boshqa xizmatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish, profilaktika ishlarining samarali tizimini shakllantirish, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash;

ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni tayyorlash ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish;

davlatning ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish doirasida yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlarini jalb etish va jamlash bo‘yicha faol ish olib borish;

b) quyidagilarga:

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining Vasiylik kengashi tarkibiga 1-ilovaga muvofiq;

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining tashkiliy tuzilmasiga, “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining xodimlarining cheklangan soni
21 nafar bo‘lgan Boshqaruvi tuzilmasiga va uning hududiy filiallari tuzilmasiga 2-4-ilovalarga muvofiq;

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi to‘g‘risidagi Nizomga 5-ilovaga muvofiq rozilik berilganligi;

v) Fondning asosiy pul mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantirilishi:

yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;

xorijiy va xalqaro tashkilotlarning, xorijiy davlatlarning grantlari;

Fondning, shuningdek Fond oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida uning tomonidan ta’sis etilgan tashkilotlarning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar;

g) Fond Boshqaruvi apparati va uning hududiy filiallari ta’minoti Fondning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi;

Vazirlar Mahkamasining «Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2009 yil 8 apreldagi
102-son qarorining amal qilishi Fondning bepul foydalanish huquqi bilan tasarrufidagi davlat mulkiga tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilganligi;

d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Fondning ustavidagi vazifalarini hal etishda uning hududiy filiallariga doimiy ravishda samarali ko‘maklashish topshirilganligi;

e) Fondning va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan:

Fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalarining shtatdagi xodimlari sonini sakkiz nafargacha yetkazish to‘g‘risidagi;

ambulatoriya-poliklinika muassasalarining uchastka vrachlari va tibbiy hamshiralari uchun amalda bo‘lgan uzluksiz ish staji muddati uchun ustamalar belgilash tartibi Fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tibbiyot xodimlariga tatbiq etish to‘g‘risidagi;

Fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalarining qishloq joylarga boradigan xodimlariga xizmat safari xarajatlarini to‘lash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilganligi;

j) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilarga:

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining Vasiylik kengashi tarkibiga 1-ilovaga muvofiq;

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining tashkiliy tuzilmasiga 2-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.

4. Shahar va tumanlar hokimliklari Fondning ustavidagi vazifalarini hal etishda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga doimiy ravishda samarali ko‘maklashcinlar.

O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limiga, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashiga, Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limiga,    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasiga va boshqa nodavlat, notijorat tashkilotlariga Fondning ustavdagi vazifalari amalga oshirilishini ta’minlashda Fondning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish tavsiya etilsin.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Fondning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi ta’minotiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratsin va sog‘liqni saqlash  muassasalari ta’minoti uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida har yili Fondning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga zarur mablag‘larni nazarda tutsin.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarlari M.Aleuov va Z.Ibragimova zimmasiga yuklatilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                  B.Yangibaev

 

Nukus sh.,  2014 yil 3 fevral, 33-son


Просмотров: 6263