Совет Министров Республики Каракалпакстан

Портал государственной власти Республики Каракалпакстан


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Скачать страницу в PDF Скачать страницу в PDF (54 Kb)    Версия    Скачать страницу в doc (54 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 dekabrdagi «O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash va uning faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi 1038-son qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
 30 dekabrdagi «O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash va uning faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi 1038-son Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi  Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

 

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
30 dekabr`dagi «O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash va uning faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi 1038-son qarori rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi to`g`risidagi Nizom
1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) Quyidagilar:

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi Markaziy devonini saqlashga doir mablag`lar agentlikning yillik sarflanadigan manbalari  prognozidan kelib chiqqan holda tizimga kiradigan nashriyotlar va matbaa-poligrafiya korxonalarining mahsulotlarni sotishdan tushgan sof tushumning tuzilgan shartnomalar bo`yicha 2,0 foizgacha miqdorida va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan qoplanishi;

Agentlik hududiy bo`lim xodimlarining ish haqisi O`zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan, ularni saqlashga doir chiqimlar,  o`z shaxsiy mablag`lari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligiga, viloyatlar Matbuot va axborot boshqarmasiga, Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmasiga qarashli nashriyotlarning shartnoma asosidagi ajratmalaridan va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan qoplanishi belgilanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi markaziy devoni uchun
4 ta avtotransport, jumladan 3 ta shaxsiy, 1 ta navbatchi avtotransport;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmalari uchun
14 avtotransport vositalarini saqlash uchun limit mablag`lar ajratish topshirilganligi;

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmalarining avtotransport vositalarini saqlashga doir mablag`lar o`z mablag`lari hisobidan qoplanishi belgilanganligi;

g) O`zbekiston Matbuot va axborot agentligiga ikki xafta muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga agentlik hay`at tarkibi soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlashga kiritish topshirilganligi.

d) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
2- ilovaga muvofiq o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganligi.

e) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari
3-ilovaga muvofiq o`z kuchini yo`qotganligini ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi “O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi to`g`risida”gi Nizomi asosida o`z faoliyatini tashkil etsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ikki hafta muddatda agentlikning hay`at tarkibi soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash uchun taklif kiritsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ayrim qarorlari 1- ilovaga muvofiq o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo`mitalari va boshqa tegishli tashkilotlar, shahar va tumanlar hokimliklari normativ-huquqiy hujjatlarini belgilangan muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi direktori A.Bekmuratov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev


Просмотров: 2174