FAQ

Mening Vazirlar Kengashi raisiga savollarim mavjud, ularni qanaqa qilib bersam bo‘ladi?
Siz Murojaat qilish bo‘limida murojaat qoldirishingiz, yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishingiz mumkin
Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig'i obyekti nima?
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish obyekti hisoblanadi. (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 273-moddasi)
To'lov terminallari qayerlarda o'rnatilgan bo'lishi lozim?
To'lov terminallari qayerlarda o'rnatilgan bo'lishi lozim? O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi quyidagi chakana savdo va xizmat ko'rsatish ob'yektlarida to'lov terminali majburiy o'rnatilishi lozim*: aviatsiya va temir yo'llar pattalarini sotish kassalari; avtovokzal va avtostantsiyalar kassalari; avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari; mehmonxonalar; kredit tashkilotlari (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar), sug'urta tashkilotlari va moliya bozorining boshqa sub'ektlari; turg'un savdo shoxobchalari, shu jumladan, dorixonalar (egallab turgan maydoni o'lchamidan qat'i nazar); umumiy ovqatlanish ob'ektlari; uy-joy-kommunal, shuningdek telefon aloqa xizmatlari, shu jumladan, uyali aloqa telefonlari xizmatlari uchun aholidan to'lovlarni qabul qilish shoxobchalari; avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari; aloqa bo'limlari; maishiy xizmat ko'rsatish hamda madaniy-ommaviy va tomosha tadbirlari o'tkaziladigan ob'yektlar; aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlar.
Mening farzandim muddatli harbiy xizmatni o'tamoqda, bizning oila a'zolarimiz (xizmatni o'tash davrida) jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod etiladimi?
Mening farzandim muddatli harbiy xizmatni o'tamoqda, bizning oila a'zolarimiz (xizmatni o'tash davrida) jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod etiladimi? Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari va ular oila a'zolariga (xizmatni o'tash davrida) mol-mulk solig'idan imtiyoz qo'llanilishi bekor qilingan. (O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 dekabrdagi O'RQ- 241-sonli Qonuni, 8-bandi)
Men xususiy korxonamni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun qaerga murojaat qilishim mumkin?
Siz bizning saytimizdagi davlat interaktiv xizmatlari ro'yxatini ko'rib chiqishingiz va sizga mos xizmat turini tanlashingiz mumkin.
Men qanday qilib Vazirlar Kengashi Raisining qabuliga yozilishim mumkin.
Siz Vazirlar Kengashi birinchi qavatidagi fuqarolarni qabul qilish xonasida qabulga yozilishingiz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat organi rahbarlari qabuliga yozilishingiz mumkin. Fuqarolar har haftaning dushanba kuni soat 16:00 dan 18:00 gacha Vazirlar Kengashi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat) qabul qilinadi.