Nukus favora


Kun sayin emas, soat sayin o‘zgarib, yangilanib borayotgan poytaxtimiz Nukus shahrining chiroyiga chiroy qo‘shadigan yana bir ob’ekt ishga tushirildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri va «Do‘stlik» kanali oralig‘ida diametri 21 metr bo‘lgan yana bir musiqali-rangli favvoraning qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.