Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

KOMPOZIT BALLON QIMMATMI YОKI HAYОTIMIZ?

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 11 maydagi 131 sonli qarori bilan “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspektsiyasi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududida sanoat va radiatsiya xavfsizligiga, er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muxofaza qilishga doir qonun xujjatlari va normativ-texnik xujjatlarga, geologik nazorat va shuningdek davlat tomonidan tartibga solishning boshqa chora-tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi xisoblanadi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan shiorlari ostida, xalqimiz farovonligi yo`lida barcha qulayliklar yaratilmoqda.

Shu jumladan, o`zimizda avtomobillar ishlab chiqarilishi va ularga yoqilg`i sifatida tabiiy gazdan foydalanishni yo`lga qo`yish bo`yicha 2007 yil10 fevralda       30-sonli O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, respublikada ichki bozorni yoqilg`i-energetika resurslari bilan ta`minlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Neft`, gaz va gaz kondensatini qayta ishlash ta`minlanmoqda, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish ko`paymoqda. Avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga o`tkazish kompleks chora-tadbirlari amalga oshirildi, hamda ularga xizmat ko`rsatish bo`yicha keng tarmoqli infratuzilma tashkil etildi. Gaz ballonlari o`rnatilgan avtomobillar xafsizligiga mas`ul – IIV idoralari tayinlandi.

Aynan shu maqsadlarda, tadbirkorlar tomonidan yurtimizga chet mamlakatlardan turli avtomobil gaz ballon va uskunalari olib kelindi, jumladan juda katta miqdorda usti kompozit (skotch) qoplamali ballonlar Xitoy Halq Respublikasidan olib kelindi. Lekin, shu davrda bunday ballonlarni tekshirish va sinash standartlari mavjud emas edi va ularga ularni ishlab chiqargan zavodlardan olingan sinovlar natijasi asosida sertifikatlar berilgan.

Bunday ballonlardan foydalanish davrida noxush xodisalar ro`y berishi boshlandi. Achinarli bo`lsa ham aytib o`tish joyizki, bizdagi ma`lumotlarga qaraganda o`tgan yillar davomida 55 ta kompozit qoplamali gaz ballonlarining portlashi natijasida 32 xolatda 64 nafar yurtdoshlarimiz, shulardan
41 nafari turli tan jaroxatlari olishgan va 23 nafari (3 tasi yosh bolalar) nobud bo`lishgan, avtomobillar esa qayta tiklanmaydigan holatga kelgan. Bunday ayanchli voqealarning kimlardir ishtirokchisi yoki guvohi bo`lgan, kimlardir turli axborot vositalari orqali habar topgan. Afsuski, bularni bila turib, o`zining va eng yomoni farzandlari, yaqinlarining hayotini xavf ostiga qo`yib yurtdoshlarimiz bunday ballonlardan foydalanib kelyaptilar. Natijada yaqindagina Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida kompozit gaz balloni portlashi natijasida 2 nafar yo`lovchi nobud bo`ldi va yana 6 nafar yutrdoshlarimiz turli tan jaroxatlari bilan kasalxonaga yotqizildi, xuddi shuningdek Buxoro viloyatida gaz balloni portlashi natijasida avtomobil egasi va uning umr yo`ldoshi (yosh oila) bevaqt xayotdan ko`z yumdilar.

Sodir bo`lgan voqealarning asosiy sabablariga mustahkamlik darajasi past bo`lgan kompozit qoplamali gaz ballonlar, ballonlarga ortiqcha bosimda
gaz to`ldirish, metall gaz ballonlari navbatdagi texnik sinovdan o`tkazmaslik
yoki o`tkazilgan deb qalbaki dalolatnoma rasmiylashtirishlar sabab bo`lgan hamda ishlatish muddati 15 yildan ziyod ishlatilayotgan gaz ballonlaridan foydalanish oqibatida kelib chiqmoqda. Bundan tashqari, bunday ballonlarning kompozit qismidan farqli o`laroq, yumaloq shaklidagi ikki tarafidagi “qopqoq” qismining asosiy o`zagiga ulangan joyi har gal 180-200 kgs/sm bosim bilan gaz to`ldirilganda qayta-qayta zo`riqishda mustaxkamligi yo`qolib boradi.

Yuqorida eslatilgan hayotdan bevaqt ko`z yumgan hamyutrlarimiz ham Sizga o`xshab, o`zining avtomobilidagi “ballonim mustahkam, havotirga o`rin yo`q” –
degan hayolda bo`lishgan.

Aytilgan hodisalarni o`rganish va taxlil qilish jarayonida, tegishli idoralar mutaxassislarining xulosalariga ko`ra, kompozit qoplamali ballolarning metall qismining sifati va qalinligi me`yoriy mustahkamligini ta`minlamaydi. Huddi shuni ta`kidlab, Xitoy Halq Respublikasidagi kompozit qoplamali ballonlar ishlab chiqargan va O`zbekistonlik tadbirkolarga ularni sotgan zavod raxbari nomidan Toshkent shahar Ichki ishlar idoralariga, yuborilgan katta partiya ballonlarni metall qismi (po`lat) sifati pastligi sababli zavodga qaytarilishini so`rab xat yozgan.

Xozirgi kunda kompozit qoplamali (skoch) gaz ballonlarni ishlatmaslik bo`yicha har hil mish-mish ma`lumotlar tarqalmoqda. Bunday ma`lumotlarni eshitgandan so`ng o`ylab qolamiz,

Dono xalqimizning “Ko`za har kuni emas, kunida sinadi” degan maqoli esimizdan chiqmasligi kerak.

Bularni barchasini inobatga olib, kelgusida jamiyat, atrof-muhit
va eng muhimi fuqarolarimizning sog`lig`i yoki hayotiga etkazilishi mumkin bo`lgan, yuqorida aytilgan kabi hodisalarni oldini olish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy texnik reglamenti”ning 48 bandiga muvofiq kompozit qoplamali gaz ballonlarni O`zbekiston Respublikasida avtomobillarga o`rnatish ta`qiqlanishi, hamda 2017 yil 11 oktyabrdagi 815-sonli qarorining 13 bandiga muvofiq kompozit qoplamali gaz ballonlar o`rnatilgan avtomobillarga respublika hududida 2018 yilning 1 fevralidan boshlab gaz to`ldirish ta`qiqlab qo`yildi.

Bularning barchasi albatta xalqimizning tinchligi, farovonligi va xavfsizligini inobatga olgan xolda bajarilayotgan ishlar hisoblanadi.

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspektsiyasi byudjet mablag`lari tomonidan moliyalashtirilib, jismoniy va yuridik shaxslarga ballonlarni
xarid qilish va ularni avtotransportlarga o`rnatish kabi vakolatlarga ega emas.
Shu sababli, Sizning avtomobilingizda o`rnatilgan metallokompozit gaz ballonini sifat darajasi yuqori bo`lgan metall gaz balloniga almashtirishingiz maqsadida xududingizdagi tegishli iste`mol kreditlarni olish uchun bank muassasiga yoki hayriya jamg`armalariga yordam so`rab murojaat etishingiz mumkinligini eslatib o`tamiz.

 


09.03.2018 15:46 da elon qilingan, 845 marta korib chiqildi