Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida mikrokreditlar berilmoqda

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog‘istonda fuqarolarga 3 oydan 6 oygacha imtiyozli tartibda 3 yildan oshmagan muddatga eng kam ish haqining 100 barobari miqdorigacha mikrokreditlar berilmoqda. 


Bu mikrokreditlar, birinchi navbatda, hududlarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, tadbirkorlik faoliyati orqali muayyan mehnat bilan shug‘ullanish istagida yurgan fuqarolarga ajratiladi. 

Nizomga ko‘ra, mikrokreditlar banklar tomonidan qarz oluvchilarga eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha yillik 7 foiz stavkada ajratiladi, lekin O‘zbekistonning alohida hududi sifatida qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar uchun banklar o‘z ichki kredit siyosatiga asosan 4 foiz stavkada kredit ajratishni belgilagan. 

– Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi oilalarni aniqlash bo‘yicha komissiya tuzilib, hokimlar bilan birga respublikamiz bo‘ylab tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalar aniqlandi va ularning ro‘yxati tuzildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasining boshqarma boshlig‘i Azamat Abdikarimov. – Shuningdek, Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasi tomonidan barcha tijorat banklari oilaviy tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha mas’ul etib belgilandi. Bugungi kunda istak bildirgan fuqarolarga kreditlar berila boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 15-16 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Markaziy bankka tijorat banklari bilan hamkorlikda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar berish hajmini kamida 1,5 barobarga oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 

 

 

Anvar Nasirlayev, O‘zA

10.03.2018 12:01 da elon qilingan, 998 marta korib chiqildi