Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Koreya Respublikasiga ishga yuborishga yordam beraman...

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Koreya Respublikasiga ishga yuborishga yordam beraman...

XORIJDA ISH VA’DA QILAYOTGAN FIRIBGAR AYOL FOSH ETILDI


Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi Birlik mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan B.Kenjayev va O‘.Vafoyevlar (ism-shariflar o‘zgartirilgan) anchadan buyon xorijda ishlashni maqsad qilgan edi. 

Shu bois ular tegishli tashkilotlarga murojaat qilib, qonuniy yo‘l bilan, mehnat shartnomasi asosida xorijdagi faoliyati uchun hujjatlarni rasmiylashtirish o‘rniga firibgar ayolning aldoviga uchdi. Bu vaziyatdan foydalangan hududda yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan Z.Shukurova ularga “Koreya Respublikasiga ishga yuborishga yordam beraman”, deb va’da qiladi. Jabrlanuvchilarning har biridan 7 milliondan jami 14 million so‘m pulni olib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi. 

Yigitlar shuncha pul berganidan keyin ham ishi bitmagach, aldanganini tushunadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qildi. Ushbu holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.Shukurovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchi qo‘lga olinib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

 

Abdulaziz Musayev, O‘zA 

12.03.2018 17:29 da elon qilingan, 1139 marta korib chiqildi