Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Zulfiyachi qizlar tantanali kutib olindi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Nukus xalqaro aeroportida qoraqalpog‘istonlik Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari tantanali kutib olindi. 


Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-martdagi qaroriga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sovrindor bo‘lgan 28 qizning orasida qoraqalpog‘istonlik ikki qiz – Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Shahodat Jullibayeva hamda Nukus madaniyat va san’at kolleji o‘quvchisi Nargiza Utemuratovalar ham bor. 

Shahodat Jullibayeva 1998-yil Taxiatosh tumanida tug‘ilgan. Sportning erkin kurash turi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, sport ustasi. Qator xalqaro va mamlakat miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan sport musobaqalari sovrindori. 

U 2014-yil Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi II yozgi Olimpiya musobaqalarida 4-, 2015-yilda Hindiston davlatida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 2-, shu yil Tailandda o‘tkazilgan musobaqada 3-o‘rinni egallagan. Joriy yil qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 55 kilogramm og‘irlikda 1-o‘rinni egalladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. 

Nargiza Utemuratova 2001-yil Nukus shahrida tug‘ilgan. U 2010-2012-yillarda “Kamalak" yulduzlari”festivali va 2013-yilda “Ko‘hna zamin ohanglari” telefestivali g‘olibi. Bir qator xalqaro festivallar sovrindori. 

 

 

Anvar Nasirlayev, O‘zA

13.03.2018 09:50 da elon qilingan, 1199 marta korib chiqildi