Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

"AgroWorld Uzbekistan": innovatsion texnologiyalar namoyishi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

"AgroWorld Uzbekistan": innovatsion texnologiyalar namoyishi

Joriy yil 14-16-mart kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida “Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan – 2018” xalqaro ko‘rgazmasi ochilishi rejalashtirilgan. 

Eng ilg‘or qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etiladigan mazkur ko‘rgazmada Avstriya, Ozarbayjon, Belorus, Belgiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Qozog‘iston, Xitoy, Latviya, Koreya, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Fransiya kabi 20 ga yaqin mamlakatdan 100 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etish istagini bildirgan. Tadbirda xorijiy mamlakatlar elchixonalarining ham faol ishtiroki kutilmoqda. 

“O‘zekspomarkaz”ning 1- va 2-pavilyonida, shuningdek, ochiq maydonda qishloq xo‘jaligi texnikalari, innovatsion texnologiyalar namoyish etiladi. O‘zaro tajriba almashiladi. 

An’anaga ko‘ra, ko‘rgazmaning ikkinchi kunida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ko‘magida "Fermerlar kuni" bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashadi, sohaga doir yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. 

 

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA

13.03.2018 09:59 da elon qilingan, 1130 marta korib chiqildi