Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Hammasini telefon orqali boshqarasiz - bankka borish shart emas!

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (61 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (61 KB)

Hammasini telefon orqali boshqarasiz - bankka borish shart emas!

2018-yilning O‘zbekistonda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi innovatsiya bugungi kunning talabi ekanligini anglatdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017 yil 16 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida joriy yilning 26 yanvarida ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarning kiritilishi tijorat banklari faoliyatida yangi innovatsion g‘oyalar va zamonaviy xizmatlarni joriy etishga yana bir turtki bo‘ldi. Xususan, masofadan omonatlarga mablag‘lar jalb qilish, omonatlar bilan bog‘liq amaliyotlarni bajarish imkoniyatini beruvchi dasturlar hamda omonat turlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish imkoniyatlari yanada kengaydi.
 
Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” yangi innovatsion xizmatni taklif etadi. Bank tomonidan jismoniy shaxslarning vaqtini va ortiqcha samarasiz xarajatlarini tejash hamda o‘z omonatchilari bilan masofaviy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “Android” tizimi platformasida ishlaydigan mobil aloqa vositalari orqali takomillashgan “Depozit banking” mobil dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur asosida omonatchi bankda mavjud barcha omonat mablag‘larini masofadan boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
 
Слайд1.JPG
 
Bank mijozi mazkur dasturga ulanishi bilan ATB “Qishloq qurilish bank” ommaviy ofertasi (bank tomonidan elektron tarzda ommaga etilgan taklif)ni onlayn tarzida akseptlashi orqali ilova yordamida quyidagi amallarni bajarish imkoniyati paydo bo‘ladi:
 
Muddati kelgan omonatini amaldagi boshqa omonat turlariga masofadan to‘liq yoki qisman qayta rasmiylashtirish;
 
Masofadan muddatli, jamg‘armali, talab qilib olguncha omonat hisobraqamlar ochish;
 
Mavjud omonat hisobraqamlari qoldiqlarini nazorat qilib borish va aylanmalari bo‘yicha elektron ko‘chirmalar olish;
 
Omonat hisobraqamini yopish va mablag‘ qoldig‘ini tegishli hisobraqamlariga o‘tkazish;
 
Muddatli va jamg‘armali omonatda saqlanayotgan mablag‘larini mazkur omonatlar shartlari asosida muddatidan oldin foydalanish;
 
Muddati kelgan omonatlar bo‘yicha bank filialidan avtomatik tarzda SMS- xabarnoma qabul qilib borish.
 
Bank plastik kartochkasidan omonatlarga mablag‘ qo‘yish.
 
Слайд2.JPG
 
Yana bir qulayligi shundaki, “Depozit banking” mobil dasturi orqali mijozlar mavjud barcha omonatlari va unga hisoblangan foiz daromadlari hisobidan naqd pulsiz to‘lovlar amalga oshirishi mumkin. Xususan:
 
Tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to‘lovlar amalga oshirish;
 
Bank kartasiga o‘tkazish;
 
Kredit to‘lovlariga o‘tkazish imkoniyati mavjud.
 
Qo‘yingki, hammasini telefon orqali boshqarasiz - bankka borish shart emas!
 
Bank tomonidan kelgusida mazkur innovatsiya dasturini yanada takomillashtirish, shu orqali mijozlarga qo‘shimcha qulaylik ustida izlanishlar olib borilmoqda.
 
“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!
 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
 
(+99871) 150-93-39, 150-72-58, www.qqb.uz
 
 
 
Videoga havola:
 

iFrame

 
Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.
 
 

13.03.2018 10:01 da elon qilingan, 1078 marta korib chiqildi