Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Qoraqalpoqda Navro`z bayrami boshlandi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasida “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro`z bo`lsin!” g`oyasi mujassamlashgan bayram tadbirlari boshlandi. 

Ma`naviy-ma`rifiy va madaniy tadbirlarda olimlar, ijodkorlar va san`at arboblaridan iborat targ`ibot guruhi faol qatnashmoqda. 

– Targ`ibot guruhi a`zolari Kegeyli, Shumanay, Amudaryo, Mo`ynoq, Qorao`zak, Beruniy tumanlarida bo`lib, Navro`z bayramining o`ziga xosligi, ahamiyati, tarixi haqida batafsil ma`lumot berdi, – deydi Ma`naviyat va ma`rifat markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi boshlig`i Q.Yusupov. – Toshkent shahridan kelgan, shuningdek, qoraqalpoq estrada qo`shiqchilari ijrosidagi kontsert dasturlari aholiga bayramona kayfiyat ulashmoqda. 

Targ`ibot guruhi a`zolari 17 mart kuni Qonliko`l, Taxtako`pir, Ellikqal`a tumanlarida, 18 mart kuni Xo`jayli, Taxiyatosh, Nukus tumanlarida, 19 mart kuni esa Nukus shahrida bo`ladi. 

 

Anvar Nasirlaev, O`zA

 


16.03.2018 21:26 da elon qilingan, 955 marta korib chiqildi