Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni turar-joy bilan ta`minlanishda engillik yaratildi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Ularning turar-joyi uchun to`langan boshlang`ich badallar qaytarilmaslik sharti bilan to`lab berilishi mumkin


2018 yil 14 martda Vazirlar Mahkamasining «Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi qarori qabul qilindi. 

Qarorning mohiyati haqida @huquqiyaxborot kanalida batafsil ma`lumot berildi. 

Jamoat fondining mablag`lari Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo`llab-quvvatlash, shu jumladan, og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo`lgan ayollarga moddiy yordam ko`rsatishga yo`naltiriladi. 

Xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda; mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan kasblar bo`yicha bilim va ko`nikmalarni egallashda ko`maklashishga; xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda imtiyozli kreditlar berishga sarflanadi. 

Onalik va bolalikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash bo`yicha vazifalarning amalga oshirilishini moliyaviy qo`llab-quvvatlashga; yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma`naviy-axloqiy negizlari va an`anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo`yicha maqsadli ishlar olib borilishiga ko`maklashishga qaratiladi. 

Og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni turar-joy bilan ta`minlashda boshlang`ich badallarini qaytarilmaslik sharti bilan to`lab beriladi. 

Ma`lumot uchun: Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`lari har yili 300 mlrd. so`mgacha bo`lgan miqdorda ajratiladigan Davlat byudjeti mablag`lari; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va «Oila» markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qo`llab-quvvatlashga, ijro etuvchi direktsiyani saqlashga ishlatilishi mumkin bo`ladi. 

Eslatib o`tamiz, Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi Prezidentimizning 2018 yil 2 fevraldagi farmoni bilan tashkil etilgan. 

 

O`zA


19.03.2018 11:58 da elon qilingan, 1229 marta korib chiqildi