Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Qolipli non kartoshka kasalligiga chalinadimi?

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

Nondagi kartoshka kasalligi bu — issiqlik 36 darajadan oshganda yuzaga chiqadi. zararlangan nonning ichki yumshoq qismi yopishqoq bo`lib, undan yoqimsiz hid keladi. bu alomatlarni nonning tashqi qismidan sezib bo`lmaydi. bu kasallik unda bo`lib, daladagi bug`doydan kelib tushadi va non noto`g`ri saqlanganda yuzaga chiqadi 



Bunday holat yozning issiq kunlarida ro`y berishi mumkinligini mutaxassislar qayd etishmoqda. Bu kasallik qanday paydo bo`ladi? Bunday holatlarning oldini olish uchun nima qilish kerakligi haqidagi savolimizga «Don mahsulotlari ilmiy ishlab chiqarish markazi» mas`uliyati cheklangan jamiyati mutaxassisi Saodat Qudratova javob berdi. 

— Vazirlar Mahkamasining “Don xavfsizligi to`g`risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarorida sohaga doir yagona talablar belgilangan. Unga ko`ra, har bir mahsulot uchun maxsus reglament ishlab chiqilgan. Ya`ni mamlakatimiz hududida muomalaga chiqariladigan don, uni etishtirish, saqlash, tashish, muomalaga chiqarish, utilizatsiya qilish jarayonlariga qo`llash va bajarish uchun yagona va majburiy bo`lgan xavfsizlik talablari mavjud. 

Joriy yilning 1 sentyabridan yana bitta reglament kuchga kiradi. Unda non va makaron mahsulotlarini qo`llash va xavfsizligi xususida iste`molchilarni chalg`ituvchi harakatlarning oldini olish borasidagi vazifalar belgilab berilgan. U 13 turdagi non-bulka, 3 turdagi yarim tayyor non-bulka mahsulotlari, talqon, quruq non kvasi va 2 turdagi makaronga talluqli. 

Bunda mazkur mahsulotlarning ishlab chiqarishda ularning sifatini oshirish, inson hayoti, sog`lig`i uchun xavfsizligini ta`minlashga e`tibor qaratilgan. Misol uchun, ishlab chiqarilayotgan non mahsulotlarining saqlash muddatlari har xil. Agar bug`doy unidan tayyorlangan qolipli nonni saqlash muddati 24 soat bo`lsa javdar va bug`doy aralashmasi qo`shilgan nonda bu muddat 36 soat, tandirda pishgan ya`ni milliy nonlarning muddati esa 14 soat. 

Endi qolipli nondagi kartoshka kasalliga keladigan bo`lsak, u issiqlik 36 darajadan oshganda yuzaga chiqadi. Zararlangan nonning ichki yumshoq qismi yopishqoq bo`lib, undan yoqimsiz hid keladi. Bu alomatlarni nonning tashqi qismidan sezib bo`lmaydi. Bu kasallik unda bo`lib, daladagi bug`doydan kelib tushadi va non noto`g`ri saqlanganda yuzaga chiqadi. Xo`sh, bu qanday bo`ladi? 

Agar siz do`kondan non xarid qilib, uni issiqligida paketga solib qo`ysangiz, bu kasalik rivojlanadi. Zero,issiq non paketga solinsa ham issiqlik ham namlik paydo bo`ladi. Bu esa kartoshka kasalini rivojlanishi uchun eng yaxshi omil bo`ladi. Buni oldini olish uchun esa iste`molchi o`ziga kerakli miqdorda non olishi, hech bo`lmaganda nonni taxtadan bo`lgan javonlarda saqlashi yoki avval sovutib, keyin paketda saqlashi kerak. 

 

Sayyora Shoeva, O`zA

 


22.03.2018 18:44 da elon qilingan, 1073 marta korib chiqildi