Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangiz majburiy almatirilishi mumkin, agar…

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. 



Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot telegram kanalida ma`lumot berildi. 

Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2017 yil 1 oktyabr` – 2018 yil 31 dekabr` davrida – eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat`i nazar – ular egasining yozma arizasiga ko`ra ixtiyoriy ravishda, 2019 yil 1 yanvar` – 2020 yil 31 dekabr` davrida – eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat`i nazar – majburiy tartibda almashtiriladi. 

Avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017 – 2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich – avtomototransport vositasini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish vaqtida amalga oshiriladi. 

 

O`zA

 


22.03.2018 18:48 da elon qilingan, 1285 marta korib chiqildi