Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

QORAQALPOG`İSTONLİK 35 ABİTURİENT ChET TİLİDAN SERTİFİKATGA EGA BO’LDİ

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog`iston bo’yicha chet tilini bilish darajasi haqida davlat namunadagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo’lgan da`vogarlar aniqlandi.

Ayjamal Madiyarova

Shular orasida ingliz tili bo’yicha eng yuqori ball to’plaganlarning biri Ayjamal Madiyarova hozirgi vaqtda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali qoshidagi 3-sonli akademik litseyning 3-bosqichida tahsil olmoqda. Joriy o’quv yilida Toshkent davlat moliya institutiga o’qishga topshirish niyatida.

Ayimgul Xalknazarova

Ayimgul Xalknazarova esa, nemis tili bo’yicha 112 ball to’plab, V1 darajadagi sertifikatni qo’lga kiritti. U ham Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali yonidagi 3-sonli akademik litseyning 3-bosqich o’quvchisi. Kelajakda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga hujjat topshirmoqchi.

Joriy yil fevral` oyida Nukus agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejida 71 nafar da`vogar chet tilini bilish darajasini aniqlash sertifikatiga ega bo’lish uchun og`zaki imtixonni topshirgan edi. Shundan 35 tasi V1 darajadagi sertifikatga ega bo’ldi. Endi Ayjamal va Ayimgul kabi ular ham oliy o’quv yurtlarining bakalavriatiga kirishda chet tili bo’yicha o’tkaziladigan test sinovidan ozod qilinib, ushbu fan bo’yicha belgilangan maksimal ballga ega bo’ladi.

  • Men ushbu sertifikat bilan eng maksimal ball – 75,6 ballni qo’lga kiritdim. Chunki men topshiradigan yo’nalishda ingliz tili ikkinchi blok fani hisoblanadi, – deydi Ayimgul Xalknazarova. Hukumatimizning shunday adolatli mezon yaratgani biz uchun quvonchli, albatta. Hozirgi kunda boshqa fanlarimni etuk o’zlashtirish harakatidaman.

         Chet tilini bilish darajasi to’g`risida davlat namunadagi A2, V1, V2 darajasidagi sertifikatni olishni istagan da`vogarlarga qo’laylik yaratish maqsadida joriy yildan boshlab Qoraqalpog`iston Respublikasidan xujjat topshirganlar Nukus shahrida imtihondan o’tadigan bo’ldi. İmtihonning tinglab tushinish, o’qib tushinish, leksik va grammatik kompetentsiya, yozish ko’nlikmalari, og`zaki sinovlari 17-18 aprel  kunlari Nukus shahrida bo’lib o’tadi.

 

        

QAA

 

 


27.03.2018 10:23 da elon qilingan, 1047 marta korib chiqildi