AMANGUL HİNDİSTON DAVLATİDA OSİYO ChEMPİONİ BO’LDİ

22-25 mart kunlari oralig’ida Hindiston davlatining Tuna shahrida erkaklar va xotin-qizlar o’rtasida sportning kurash turi bo’yicha o’tkazilgan Osiyo chempionatida vatandoshimiz Amangul Allanazarova 57 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib, oltin medal sohibi bo’ldi. Shuningdek, O’zbekiston bo’yicha xalqaro darajadagi hakam a`zosi Nukusboy Daniyarov mazkur chempionatda hakamlik vazifasini bajardi.

26-mart kuni bu ikkita yurtdoshimizni Nukus aeroportida tantanali ravishda kutib olish marosimi wtkazildi.

Osiyo chempionatida jahonning 25 tadan ortiq davlatlari ishtirok etib, O’zbekiston terma jamoasi jamoaviy hisobda birinchi wrinni egalladi. Shu tarzda sportchilarimiz mamlakatimizga 10 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medal`larini olib keldi.

– Osiyo o’yinlari dasturiga kiritilgan milliy kurash turi bugungi kuni jahon sport maydonida ham o’zining munosib o’rniga ega bo’lmoqda,-deydi Amangul Allanazarova. Chempionatda raqiblarim xitoylik, hindistonlik, vetnamlik pahlavonlar bo’lishdi. Omad menga kulib boqib, Osiyo chempioni bo’ldim. Mamlakatimiz bayrog’i ko’klarda xilpiradi. Bundan cheksiz mamnunman.

Amangul Allanazarova va Nukusboy Daniyarov hozirgi kunda poytaxtimizdagi 1-son bolalar va o’smirlar sport maktabi murabbiylari bo’lib, yosh avlodga kurash sirlarini o’rgatib, ustozlik qilib kelmoqda.

Eslatib o’tamiz, A.Allanazarova o’tgan yilning 30 noyabridan 4 dekabr` oralig’ida Turkiya davlatining İstanbul shahrida milliy kurash bo’yicha bo’lib o’tgan XI jahon chempionatining 2-o’rin g’olibi bo’lgan edi.

Tadbirga Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining qo’mita raisi D.Qurbaniyazov ishtirok etdi.

 

Qoraqalpog’iston xabar agentligi


Sana: 2018-03-27 20:26:49, Ko'rib chiqildi: 2655