Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

TAXIATOSh UNLARI SIFATI ENDI QOZOG’ISTONNIKIDAN QOLIShMAYDI

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Umumxalq Navro`z bayrami shodiyonalari kunlarida Taxiatosh tumani markazida «ATIYAJ–GULZAR» mas`uliyati cheklangan jamiyatining donni qayta ishlash korxonasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur korxonaga Turkiyaning «OR-TAS» firmasining umumiy narxi  1 million 50 ming AQSh dollari bo`lgan zamonaviy uskunalari olib kelinib o`rnatildi. Sutkasiga 120 tonna donni qayta ishlash quvvatiga ega korxonada 90 tonna un, 30 tonna kepak ishlab chiqarilmoqda. 25 va 50 kilogrammlik «Beshqal`a», «Stella» savdo belgisi ostida chiqarilayotgan un mahsulotlari korxonaning ikki dona IZUZU rusumli yuk avtomashinalarida Orolbo`yining barcha shahar va tumanlaridagi, shuningdek Xorazm viloyati savdo markazlariga etkazib berilmoqda.

-2015 yilda qurilishi  boshlangan korxonamizni «Asakabank»dan olingan  7 milliard so`m kredit evaziga qurib bitkazib, bayram arafasida foydalanishga topshirdik,-deydi «ATIYAJ-GULZAR» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari Azat Mustafaev.-Maqsadimiz aholini sifati Qozog’iston unlaridan qolishmaydigan o`zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan ta`minlashdan iborat.

Korxonada «Beshqal`a», «Stella»dan tashqari yaqin kunlarda «Tumor» savdo belgisi ostida un mahsuloti chiqarila boshlaydi.

Yangi korxona faoliyat boshlashi bilan 60 nafar kishi doimiy ish bilan ta`minlandi. Ulardan aksariyatini yoshlar tashkil etadi.

Qoraqolpog’iston axborot agentligi

 


27.03.2018 20:31 da elon qilingan, 1026 marta korib chiqildi