Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Senat yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqiladi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

2018-yil 29-mart kuni o‘z ishini boshlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi oldidan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 



Qo‘mita raisi Farrux Dadaxo‘jayev boshqargan yig‘ilishda senatorlar, tegishli tashkilotlar vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Unda «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni haqidagi masala ko‘rib chiqildi. 

«Mudofaa doktrinasi» va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yil yanvarda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mudofaa vaziri o‘rinbosarining sohada amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. 

Shuningdek, yalpi majlis kun tartibidan o‘rin olgan boshqa masalalar muhokama etildi. 

 

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

28.03.2018 15:21 da elon qilingan, 1072 marta korib chiqildi