Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Qadim tilsimlarni ochuvchi noyob qo‘lyozma topildi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Ushbu noyob bitiklar arabistonlik, 7-asr oxiri va 8-asr boshlarida islom dinini mintaqamizga targ‘ib qilish bilan shug‘ullanishgan aka-uka avliyolar – Xo‘ja Abdulloh Ansoriy va Xo‘ja Ibodulloh Alamdoriy hayoti haqida ma’lumot berishi mumkin. 

Pop tumanidagi “Pillakash” mahallasida joylashgan, mahalliy aholi tilida Langar ota qabristoni, deya yuritiladigan aka-uka avliyolar qabri 714 yilga oid. Bugungacha ushbu ziyoradgohning ilmiy, ma’naviy va arxeologik qiymati to‘liq aniqlanmagan. 

Ushbu noyob qadim qo‘lyozmalar maqbara yaqinida yashovchi Botirjon Nurmatovning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanib kelingan. Botir akaning aytishicha, Langar ota ziyoratgohidan topilgan qadim qo‘lyozmalar unga ota-bobolaridan o‘tib kelayotgan ekan.

Bir necha bor bu qo‘lyozmalarni olib ketishmoqchi bo‘lishdi. Lekin ularga ishonqiramaganim bois bermadim. Bu qo‘lyozmalar qadim tilsimni ochuvchi noyob manba bo‘lishi mumkin”, deydi Botir aka. 
 

 

Farhod Esonov, O‘zA 

28.03.2018 18:55 da elon qilingan, 927 marta korib chiqildi