Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

18-aprel - Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni bo‘ladi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi 

Ta’kidlanganidek, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Natijada uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish bo‘yicha samarali va sifatli yangi tizim shakllantirildi. 

Ayni paytda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 157 ming nafardan ortiq xodim va xizmatchi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni rag‘batlantirish maqsadida qonunda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilgan kun – 18 aprelni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilanishi qonunda o‘z ifodasini topgan. 

 

 

O‘zA

29.03.2018 17:17 da elon qilingan, 1155 marta korib chiqildi