Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Senatning o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim konun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. 

Qonun bilan dalillarni soxtalashtirganlik (qalbakilashtirganlik) uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Yolg‘on guvohlik va yolg‘on xabar berganlik uchun esa javobgarlik kuchaytirilmoqda. 

Qonunga xilof usullar orqali yoki protsess ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoxud ularni cheklash yo‘li bilan olingan dalillardan, dalil sifatida foydalanishni taqiqlovchi qoidalar kiritilmoqda. 

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. 

Dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar prokuror yoki sud tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi yoxud boshqa ekspertiza o‘tkazgan holda majburiy tekshirilishi lozim bo‘lgan tartib belgilanmoqda. 

Qonunda sud-tergov faoliyatiga oid yana ko‘plab boshqa jihatlar qamrab olingan. Qonun mohiyatiga oid materiallarni yana berib boramiz. Saytimizni kuzatib boring. 

 

 

N.Abduraimova, O‘zA

29.03.2018 17:44 da elon qilingan, 988 marta korib chiqildi