Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

“Materialni sahifadan olib tashla...” Endi jurnalistga bunday tahdidlar bo‘lmaydi!

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emasligiga oid me’yor mustahkamlanmoqda 

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi. 

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuniga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Unda jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi me’yorlar aks etgan. 

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining senzura qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi qonunda o‘z ifodasini topgan. 

Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emasligiga oid me’yor qonundan o‘rin olgan. 

Jurnalistning davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lishi, jurnalistlik sirini oshkor etmasligi, jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishiga oid me’yorlar ham qonunga kiritilmoqda. 

Jurnalistni akkreditatsiya qilish masalasi ham qonundan o‘rin olmoqda. 

Qonun bilan yana ko‘plab boshqa qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ularning barchasi bilan saytimiz orqali tanishtirib boramiz. Bizni kuzatib boring. 

 

 

Norgul Abduraimova,O‘z

29.03.2018 17:46 da elon qilingan, 1142 marta korib chiqildi