Borsakelmas – Tetis ummonidan qolgan tuz saltanati

Borsakelmas! Qoraqalpog‘istonning shimoliy-g‘arbida joylashgan Ustyurt platosidagi qurigan sho‘r ko‘l ana shunday nomlanadi. 

Qoraqalpog‘istonda ikkita “Borsakelmas” bor. Orol dengizining shimoli-g‘arbida, Mo‘ynoq tumanida joylashgan Qozog‘iston bilan O‘zbekiston hududida cho‘zilib yotgan orol ham shunday nomlanadi. 

Hozirgi kunda u Orol dengizining qurishi bilan yarim orolga aylangan. Qozog‘iston Respublikasining Qizilo‘rda viloyatidagi Borsakelmas qo‘riqxonasi mazkur yarim orol nomi bilan bog‘liq. 

Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan Borsakelmas esa Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani hududida joylashgan. 

Ustyurt platosida bundan 30 million yil avval qurib, bizga Qizilqum, Qoraqum va Ustyurt sahrolarini meros qoldirgan Tetis ummonini xayolan tomosha qilishingiz mumkin. Bepoyon kengliklari, g‘ayritabiiy energetikasi va jozibasini ko‘rgan kishi xotirasida bir umrga saqlanib qoladi. Bu manzara Tetis ummonining qurigan tubi Borsakelmas jarliklaridir. Hozirda bu joyda ko‘p miqdordagi tuz saltanati hukm surmoqda. 

Borsakelmas tuz koniga borib kelgan O‘zA fotomuxbiri Maqset Habibullayevning suratlari orqali siz bu joylarni ilk bor tomosha qilasiz. 

 

 

A.Nasirlayev, O‘zA

Sana: 2018-03-30 11:30:13, Ko'rib chiqildi: 2684