Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Davlatimiz rahbari Zarbdor tumanidagi “Zarbdor tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Bu korxonani bunyod etish bo‘yicha Prezidentimizning o‘tgan yili viloyatga tashrifi chog‘ida topshiriq berilgan edi. Shavkat Mirziyoyev yaqinda Samarqand viloyatida bo‘lganida har bir tumanda kamida ikkitadan tekstil korxonalari qurish zarurligini ta’kidlagan edi. 

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan “Zarbdor tekstil” ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda jami 1 ming 60 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi. Mahsulotlar ichki bozorni to‘ldirib, eksportga ham yo‘naltiriladi. 

Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan ta’minlash, dedi Shavkat Mirziyoyev. Endi bir kilogramm paxtamizniyam chetga sotmaymiz, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz. 

Shu yerda Jizzax viloyatida to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidendining Matbuot xizmati xabar berdi 
 
 

30.03.2018 14:57 da elon qilingan, 1065 marta korib chiqildi