Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Shavkat Mirziyoyev Manas qishlog‘iga keldi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘iga keldi. 

“Manas” qishloq fuqarolar yig‘inida Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. 

Davlatimiz rahbari terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida e’tibor qaratdi. 

Aholining tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi.


30.03.2018 18:46 da elon qilingan, 1278 marta korib chiqildi