Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

DO‘STLAR KLUBI: “AMUDARYO” JURNALI VA “O‘ZQURILISHMATERIALLARI” AJ

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi nashrlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Xususan O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda Uyushma muassisligida nashr etiladigan barcha tahririyatlar qatorida salkam 90 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Qoraqalpog’iston Respublikasi “Amudaryo” jurnali tahririyatining ham moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. 

 

Bunda ushbu nashrni qog‘oz bilan ta’minlash, bosmaxona xarajatlarini qoplash va ularning obunasiga ko‘maklashish uchun “Ijod” jamoat fondiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish nazarda tutilgan.

 

Mamlakatimizdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jalik birlashmalari, kompaniyalar va banklar bilan madaniyat va san’at tashkilotlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan “Do‘stlar klublari” faoliyatining ijobiy samara berayotganini inobatga olgan holda:

 

 “Amudaryo” jurnali va “O‘zqurilishmateriallari” AJ o‘rtasida “Do‘stlar klublari”ni tuzish, shartnoma asosida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati


06.04.2018 09:15 da elon qilingan, 1326 marta korib chiqildi