Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Xorijiy investitsiyalarning muayyan foizi ilmga va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘simlik moddalari kimyosi institutida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi. 

“Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardosh bo‘laman degan davlat albatta ilmga e’tibor berishi kerak. Sizlarning tilingizda aytganda, biz ham mamlakatimizni progressiv va innovatsion rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun olimlar, tadqiqotchilar Vatanga xizmat qilishi, ilmiy-texnologik ishlanmalarini barcha sohalarda, ayniqsa, viloyatlarda joriy etishi kerak” dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Davlatimiz rahbari mamlakatimizga kelayotgan har bir xorijiy investitsiyaning muayyan foizi ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladigan tizim qilish bo‘yicha topshiriq berdi. 

Olimlar davlatimiz rahbarining kecha qabul qilingan “Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ularga katta xursandchilik, moddiy va ma’naviy rag‘bat bag‘ishlaganini alohida qayd etdilar. Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. 

Prezidentimiz ilm-fan vakillarining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, ularni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.


06.04.2018 13:34 da elon qilingan, 1139 marta korib chiqildi