Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

MINTAQAVIY BO`LINMA A`ZOLARI FAOLIYАTI MUHOKAMA QILINDI

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining kichik majlislar zalida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3234-sonli qarori talablarida belgilangan vazifalar ijrosining muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Unga O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Qoraqalpog`iston Respublikasi mintaqaviy bo`linmasining barcha a`zolari ishtirok etdi.

Yig`ilishni Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari–Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Z.Ibragimova olib bordi va mintaqaviy bo`linma a`zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida nutq so`zladi.

Tadbirda shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Mudofaaga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi raisi K.Razbekov, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi raisi A.Daniyarov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ma`naviyat va targ`ibot markazi rahbari Q.Yusupov va Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi raisining birinchi o`rinbosari T.Romanovlar Xududlarda mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, armiya va xalqning yakdilligini ta`minlash maqsadida harbiy–ma`muriy sektorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, muddatli harbiy xizmatni o`tab, rezervga bo`shatilgan muddatli harbiy xizmatchilar va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini ijtimoiy va professional moslashuvi bilan bog`liq muammolarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar, harbiy xizmatchilarning ma`naviy-madaniy saviyasini oshirish borasida o`tkazilgan tadbirlar va Harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a`zolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish masalalari bo`yicha olib borilayotgan ishlari to`g`risida nutq so`zladi.

Tadbir davomida Mintaqaviy bo`linma a`zolarining amalga oshirgan ishlari, hududlar kesimidagi mavjud muammolar va kamchiliklar har tomonlama tanqid qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo`yicha fikir va mulohazalar muhokama etildi. Ishtirokshilarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Matbuot xizmati

 

 

 


16.04.2018 12:34 da elon qilingan, 1273 marta korib chiqildi