Prezident Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida qurilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. 

Davlatimiz rahbari, shuningdek, Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jahon bozorida xaridorgir kimyo mahsulotlari ishlab chiqaradigan uchta zavod qurilishi bilan tanishishi kutilmoqda. 

 

 

O‘zA 

Sana: 2018-04-19 10:00:51, Ko'rib chiqildi: 1240