Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

ADABIYOT yangilanishlarni aks ettirishi kerak

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (57 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (57 KB)

Biz hayotimiz shiddat bilan o`zgarayotgan, kun sayin yurtimizda yangilanishlar, bunyodkorliklar, yangi yutuqlar paydo bo`layotgan bir tarixiy kunlarda yashamoqdamiz.

Ayniqsa insonlar ongu-tafakkuri o`zgarib ilm-fan, tarixni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan hikmatlarni anglash, adabiyotga, kitobga intilish ya`ni komil inson bo`lish eng oliy saodatga aylanmoqda.

Ana shunday intilishlar Qoraqalpog`iston zaminida ham qoraqalpoq xalqining asriy orzu umidlarini ro`yobga chiqarib, erkin va ozod hayot, farovon turmush, oydin kelajak eshiklarini ochib berdi.

Bu ustuvorliklarning hammasi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning shu yurt kelajagi, xalqimiz, har bir inson barkamolligi, yurt ravnaqi yo`lida qabul qilayotgan, har bir qaror va Farmonlarida namoyon bo`lmoqda. Eng asosiysi bu qaror va farmonlar qaysi sohada bo`lishidan qat`iy nazar amalga oshmoqda va ularning natijalari hayotimiz farovonligi, dasturxonlarimiz to`kin-sochinligida o`z aksini topmoqda.

Har bir yangi kun o`zining shiddatkor nafasi, yurtimiz odamlarining yangi orzu maqsadlari bilan Prezidentimizning “Xalqimiz bizdan rozi bo`lib yashashi kerak”, “Xalqimiz davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilish kerak” degan hayotbaxsh ko`rsatmalari va uning hayotimizdagi natijalari bilan katta ahamiyatga ega bo`lmoqda.

Prezidentimizning millat sha`ni, inson qadr-qimmatini ulug`lovchi boy tariximiz, muqaddas an`analarimiz, qadriyatlarimizni e`zozlovchi, madaniyat, san`at, adabiyot sohasidagi ko`rsatmalari biz ijodkorlarni Vatan va xalq oldidagi mas`uliyatimizni oshirib zamonamiz qahramonlari haqida ozod va obod Vatanimiz, uning yangilanishlari to`g`risida mukammal asarlar yaratishga undamoqda.  

Ana shunday katta e`tiborning yana bir ko`rinishini biz Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan “O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida ko`rdik.

Shu munosabat bilan “Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi tahririyati va Respublika “Axborot resurs markazi” bolalar kutubxonasi hamkorligida adabiy anjuman o`tkazdik.

Bu anjumanda respublikamizning taniqli shoir va yozuvchilari, adabiyotshunos olimlari, shuningdek I.Yusupov nomidagi iste`dodli bolalar maktab internatining o`quvchilari, yosh ijodkorlar, kitobxonlar ishtirok etdi.

Anjuman ishtirokchilari O`zbek adabiyotining bugungi taraqqiyotida 80 yildan ziyod tarixga ega bo`lgan, mamlakatimizdagi nufuzli ijodiy tashkilotlardan biri hisoblanadigan Yozuvchilar uyushmasining munosib o`rni borligi bu tashkilot xalqimizning ongu tafakkurini yuksaltirish, mustaqilligimizning ma`naviy asoslarini yaratish, so`z san`atkorlarini birlashtirish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh iste`dod egalarining salohiyatini ro`yobga chiqarish borasida katta ishlarni amalga oshirayot­ganligini ta`kidladilar.

Qarordagi eng asosiy jihatlariga to`xtab o`tadigan bo`lsak, diqqatingizni quyidagi ustuvor yo`nalishlarga qaratishimiz lozim.  Har bir ijodkorning milliy adabiyotimiz oldidagi faolligi va mas`uliyatini oshirish, yangilangan hayotimizni tariximiz va madaniyatimizni, elimizdagi fidokorona mehnatni, ozod va obod turmushimiz, tinchlik-osoyishtaligimiz va umuman yurtimizda erishilayotgan barcha o`zgarishlarni teran aks ettirish bugungi kundagi vazifa qilib belgilangan.

Shu bilan birga qarorda Uyushma a`zosi bo`lgan har bir ijodkorning mualliflik huquqini himoya qilish, ularga sharoit yaratib berish, ham ko`rsatib o`tilgan. Adabiyotda keksa avlod vakillarining ijodiy mahoratini yoshlarga singdirish, yosh iste`dodlarni qo`llab-quvvatlash dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini o`zbek tiliga, milliy adabiyotimizning eng yaxshi asarlarini chet tillariga o`girish va targ`ib qilishni yo`lga qo`yish, internet adabiyotini shakllantirish, singari muhim takliflar ma`qullangan.

Eng asosiysi kitob savdosi tizimini shakllantirish bo`yicha aniq ko`rsatmalar berilgan. Bunda  byudjet va byudjetdan tashqari tashkilotlarning o`z mablag`lari yoki jamg`arma mablag`lari hisobidan kitob sotib olishi va axborot resurs markazlari, kutubxonalar, madaniyat saroylari, ma`naviyat xonalarini kitob bilan ta`minlash bo`yicha topshiriq berilgan.

Qarorning o`n ikkinchi bandida «O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Uyushma muassisligida nashr etiladigan “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasi, “Sharq yulduzi” – “Zvezda Vostoka”, “Jahon adabiyoti”, “Yoshlik”, “Amudaryo” jurnallari tahririyatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin” deb ta`kidlangan. Bu adabiyotimiz ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan masaladir.

Xususan, “Amudaryo” jurnali tahririyatining moddiy texnik bazasini mustahkamlash nazarda tutilayotganligi qoraqalpoq adabiyotini yanada rivojlantirishga bo`lgan yuksak e`tibor va g`amxo`rlikning yorqin namunasi. Shuningdek tahririyatni qog`oz bilan ta`minlash, bosmaxona harajatlarini qoplash, obunasiga ko`maklashish  ijod fondiga topshirilgani ham quvonarli holdir.

Qarorda milliy adabiyot­ning zamon talablari darajasida bo`lishini ta`minlashga qaratilgan aniq tadbirlar berilganligi diqqatga sazovordir. Harbiy vatanparvarlik ruhini kuchaytirish uchun “Temurbeklar” maktabi, Yozuvchilar uyushmasi Xalq ta`limi vazirligi, Xotin-qizlar qo`mitasi huzurida “Zulfiyaxonim qizlari” klubi tashkil qilingani ham yosh iste`dod egalarini qo`llab-quvvatlashda katta ahamiyatga ega.

Qoraqalpoq adabiyoti xalq og`zaki ijodidan kuch olib, asrlardan asrlarga o`tib kelayotgan dostonlari bilan bugungi kunda zamonaviy jahon adabiyotida o`z o`rniga ega bo`lgan adabiyotga aylanganligi ayni haqiqatdir.

Ayniqsa XX asrda nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti balki jahon adabiyotiga ham o`z ijodi bilan katta hissa qo`shgan Ibroyim Yusupovdek atoqli shoir, To`lapbergan Qaipbergenov singari yirik yozuvchilarning betakror she`riyati va benazir romanlari qoraqalpoq adabiyotining mangu buloqlari bo`lib ma`naviyatimizni boyitib kelmoqda.

“Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi tahririyati adabiyot oldiga Prezidentimiz tomonidan qo`yilayotgan vazifalardan kelib chiqqan holda o`zbek, rus, ingliz tillarida asarlarni, shuningdek bugungi zamonaviy qoraqalpoq adabiyoti namunalarini keng yoritmoqda.

Kelgusida ham jahon adabiyotini qoraqalpoq tilida, qoraqalpoq adabiyotini o`zbek, rus, ingliz tillarida o`quvchilar ongiga etkazishda, yoshlar ijodini keng targ`ib qilishda eng ishonchli minbar bo`lib xizmat qilaveradi.

G.ANNAQILIChEVA,

“Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi Bosh muharriri,

Senator.

 


20.04.2018 11:07 da elon qilingan, 952 marta korib chiqildi