Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

«SALOMATLIK» POEZDI “QORAQALPOG`ISTON” OFY ChEGARA HUDUDIDA

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlarlar Kengashi xotin-qizlar kotibiyati rahbari G.Baxieva voqea joyidan  xabar bermoqda.

Avval xabar qilinganidek, “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriyafondi “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”Davlat dasturi doirasida respublikamizning ekologik jihatdan noqulay mintaqalarida yashovchi aholiga sifatlib tibbiy-ijtimoiy yordam ko`rsatish maqsadida “Salomatlik poezdi" aktsiyasini o`tkazmoqda.

 

“O`zbekiston temir yo`llari” aktsiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan xayriya aktsiyasi doirasidagi navbatdagi “Salomatlik poezdi" bugun Qoraqalpog`iston Respublikasining chekka chegara hududidagi “Qoraqalpog`iston” OFYga etib keldi.

“Salomatlik poezdi"ni kutib olish marosimida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlarlar Kengashi Xotin-qizlar qo`mitasidan G.Baxieva Sog`liqni saqlash vazirligidan F.Abdullaev va Qo`ng`irot tumani Xotin-qizlar qo`mitasi raisi J.Ametovalar ishtirok etdi.

– “Qoraqalpog`iston” OFY hududida 3216 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 1546 nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi, – deydi G.Baxieva. – Ayni paytda “Salomatlik poezdi"da yuqori malakali shifokorlar guruhi aholiga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko`rsatmoqda.

Ma`lumot o`rnida ta`kidlash joizki, “Salomatlik poezdi" ushbu hududda ikki kun maboynida aholiga yordam ko`rsatadi va dushanba kuni Jasliq stantsiyasining yaqin hududlaridan tashqari fondning hududiy filiali ko`chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi orqali hududdagi markaziy shifoxonalar, viloyat bolalar va tug`ruq komplekslariga hamda ko`zi ojiz, aqli zaif va kar-soqov bolalar maxsus maktab-internatlariga tibbiy ijtimoiy yordam ko`rsatadi.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati

 

 

 


21.04.2018 16:24 da elon qilingan, 1067 marta korib chiqildi