Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Turkmaniston Prezidentining O`zbekistonga davlat tashrifiga doir

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2018 yil 23-24 aprel` kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`ladi. 

An`anaviy do`stlik va o`zaro ishonch muhitida o`tadigan ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi muzokaralarda ko`p qirrali O`zbekiston – Turkmaniston munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. 

Tashrif dasturida davlat rahbarlarining Toshkent shahridagi Ashxobod parkining ochilish marosimida ishtirok etishi ko`zda tutilgan. Ushbu maskan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik va yaqin qo`shnichilik munosabatlarining yorqin ramzlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Shuningdek, chegaradosh Xorazm viloyatiga tashrif ham rejalashtirilgan. 

Tashrif doirasida O`zbekiston va Turkmaniston etakchi iqtisodiy tuzilmalarining biznes-forumi bo`lib o`tadi. 

Muzokaralar yakuni bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ta`lim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to`plami imzolanishi kutilmoqda. 

 


21.04.2018 19:44 da elon qilingan, 1193 marta korib chiqildi