Voleybolchi ayollar Nukusda bahslashdi

Nukusda voleybol bo`yicha ayollar o`rtasida XXV O`zbekiston chempionatining uchinchi tur o`yinlari bo`lib o`tdi. 

Musobaqada mezbonlar bilan birga Samarqand, Xorazm, Jizzax, Andijon va Toshkent viloyati jamoalari g`oliblik uchun kurash olib bordi. 
 

Toshkent viloyatining “SKIF” jamoasi 43, Qoraqalpog`iston Respublikasining “NDPI” jamoasi 34 va Andijon viloyatining “Andijon” jamoasi 24 ochko to`plab, yuqori pog`onalarni zabt etdi. 

Chempionatning IV tur o`yinlari may oyida Toshkent shahrida o`tkaziladi. 

 

Maqsad Habibullaev (surat), O`zA

 


Sana: 2018-04-24 10:06:10, Ko'rib chiqildi: 2602