Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Kimlarga shanba va yakshanba ish kunlari etib belgilandi?

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Mehnat qonunchiligiga ko`ra, xodimga ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi.

 

Hukumatning 2018 yil 20 apreldagi farmoyishi bilan joriy yil aprel` oyining 21, 22, 28 va 29 sanalari – shanba va yakshanba kunlari bank tizimi, moliya hamda soliq idoralarining ayrim xodimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ishga jalb qilishga ruxsat berildi.

 

Eslatib o`tamiz, mehnat qonunchiligiga ko`ra xodimga: 

 

ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi;

 

to`lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo`lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi;

 

dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin;

 

dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to`lanadi.

 

Manba: Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali.

 

O`zA

 


24.04.2018 15:29 da elon qilingan, 908 marta korib chiqildi