Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Qoraqalpog`iston: “Umra – 2018” mavsumi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kotibiyati bergan ma`lumotga ko`ra joriy yil bahorgi umra mavsumida (27 fevral – 7 mart) Qoraqalpog`istondan 55 nafar fuqaroning safari amalga oshirilgan.  Xo`sh, navbatdagi Ramazon umra mavsumini tashkil etish bo`yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu haqda kotibiyat mudiri B.Aymbetov quyidagicha ma`lum qiladi.

– Navbatdagi “Umra – 2018” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish masalalari bo`yicha Jamoatchilik kengashi yig`ilishida umra mavsumi guruh rahbarlari bilan safaroldi o`quv-amaliy mashg`ulotlarini tashkil etish belgilab qo`yilgan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 9-10 may kunlari Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” masjidi majlislar zalida 2018 yilgi Ramazon umra mavsumini namunali tashkil etish maqsadida umra Ramazon mavsumida ziyoratchilarga xizmat ko`rsatish uchun tasdiqlangan guruh (ellikboshi) rahbarlarining safaroldi  o`quv mashg`ulotlari tashkil etiladi.

Mazkur o`quv mashg`ulotlarda guruh rahbarlariga ziyorat davomida amal qilish lozim bo`lgan tartib-qoidalar tushuntiriladi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasidan  (ellikboshi) Xo`jayli tuman imom-xatibi A.Allaniyazov ishtirok etadi. Navbatdagi Ramazon oyida tashkillashtirilayotgan ushbu ziyoratga esa respublikamizdan 18 kishi ishtirok etadi.

Ayni paytda Qoraqalpog`iston Respublikasi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish masalalari bo`yicha hay`ati tomonidan tashkiliy ishlar davom etmoqda.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar

Kengashi Axborot xizmati


24.04.2018 18:20 da elon qilingan, 973 marta korib chiqildi