Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Qo’ngirotli Xudaybergen va Kamol otalar: Tinch va baxtli hayotimizga shukrona qilaylik…

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida keng ko’lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlab o’tish joizki, bu baroda O’zbekiston Respublikasi Prezentining joriy yil 16 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni va “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur farmon va qarorning ijrosini bajarish yuzasidan Qoraqalpogıiston Respublikasi Vazirlar  Kengashi Raisi o’rinbosari – Respublika xotin-qizlar qo’mitasi raisi  Z.Ibragimova Qo’ngirot tumanida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari  Xudaybergen ota Xajaqmetov va Kamol ota Yusupovlar xonadanida bo`lishdi hamda ularni fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan chin qalbdan tabriklashdi.

O`z navbatida faxriylar Xudaybergen va Kamol otalar tinch va baxtli turmushimizga shukrona qilib, Hurmatli Prezidentimizga teran minnatdorchilik bildirishdi.

Qoraqalpogıiston Respublikasi Vazirlar  Kengashi tomonidan bu boradagi tadbirlar davom etmoqda.

Ma`lumot o`rnida: Qo`ng`irot tumanidan Ikkinchi jahon urushida jami 3672 nafar fuqaro ishtirok etdi. Shundan: 812 nafari vafot etgan va 823 nafari bedarak yo`qolgan. Urushdan Vatanimizga 2037 nafar kishi g`alaba bilan qaytdi. Ayni paytda tumanda yuqoridagi ikki fahriy tinch va obod zomonimizda yashamoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati


26.04.2018 11:40 da elon qilingan, 1098 marta korib chiqildi