Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

G`amxo`rlikdan minnatdormiz!

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Prezidentimizning «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida»gi Farmoni xalqimizni, ayniqsa biz, nuroniylarni cheksiz quvontirdi.

Yurtimizda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, jumladan urush va mehnat faxriylariga, nogironlarga ehtirom ko`rsatish, ularga imtiyozlar yaratish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu, yoshlarni vatanga sadoqat, kelajakka mustahkam ishonch, kattalarga hurmat ruhida tarbiya­lashda muhim omil bo`lmoqda.

Men ham qirchillama yigit chog`imda teng­qurlarim qatori urushga otlandim. Qo`limga qurol olib, yurtimiz ozodligi yo`lida janggohlarga kirdim.

Urush tugagach, qadrdon yurtimga qaytib keldim va ko`p yillar vatan taraqqiyoti yo`lida sidqidildan xizmat qildim. Halol mehnatdan qadr topdim. Yurt ishiga kamarbasta ikki o`g`il, bir qiz o`stirib, ularning kamolidan quvondim. Hozir yoshim 93 da. Nevara va chevaralarim ardog`idaman.

Keksaygan chog`imizda g`amxo`rlikdan yayrayapmiz. Zero, mustaqil vatanimizda muttasil rivojlanishlar yuz bermoqda, bir-biridan mahobatli qurilishlar amalga oshirilmoqda, qariyalarga, urush va mehnat faxriylariga g`amxo`rliklar ko`rsatilmoqda.

Prezidentimizning Farmoni ana shunday e`tibor va g`amxo`rlikning yana bir yorqin namunasi bo`ldi. Prezidentimizni Ollohning o`zi qo`llasin, yurtimiz doimo tinch va farovon bo`lsin.

Otaboy ERMAG`AMBETOV,

urush va mehnat faxriysi,

Nukus shahri, «Qizilqum» mahalla fuqarolar yig`ini.

M.Habibullaev olgan surat.

 


27.04.2018 18:24 da elon qilingan, 1010 marta korib chiqildi