Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

QORAQALPOG`ISTON XITOYNING XUNAN` PROVINTSIYASI BILAN HAMKORLIK QILADI

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xitoy Xalq Respublikasining Xunan` provintsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsion, turistik va madaniy-ijtimoiy sohalarda tig`iz hamkorlik qiladi. Yaqinda Qoraqalpog`iston Respublikasi delegatsiyasining Xunan` provintsiyasiga tashrifi doirasida imzolangan memorandum ushbu masalalarni o`zida qamraydi.

 

– Xunan` provintsiyasiga tashrif natijasi samarali bo`ldi, - deydi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari Baxitjan Xabibullaev. – Tashrif davomida Qoraqalpog`iston tadbirkorlari bilan Xunan` provintsiyasining yirik korxonalari ishtirokida biznes-forum o`tkazildi. Tadbirkorlar Xunan` provintsiyasining qurilish, qishloq xo`jaligi, farmatsevtika, mashinasozlik sohalaridagi etakchi korxonalarining faoliyati bilan tanishdi. 50 tadan ortiq ishchi guruh vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Turli sohalardagi loyihalarni, shuningdek, import va eksport kelishuvlarni amalga oshirish bo`yicha 66 million dollarlik bitim tuzildi.

Qoraqalpog`iston delegatsiyasi Xunan` provintsiyasi gubernatorining o`rinbosari Xe Baosyan bilan uchrashdi. Muloqotning asosiy yo`nalishi, ikki davlat hududlari o`rtasida hamkorlik bo`ldi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xunan` provintsiyasining hududlari o`rtasida hamkorlik istiqbollariga kelganda, Xe Baosyan o`zaro savdo hajmini oshirish bo`yicha ishni kuchaytirish kerakligini va ikki davlatning xo`jalik yurituvchi sub`ektlari o`rtasida bevosita aloqalarni o`rnatish bo`yicha aniq qadamlarga o`tish kerakligini alohida ta`kidlab o`tdi.

Xitoy tomoni O`zbekiston hukumatining Xitoy investitsiyalarini Qoraqalpog`istonga tortish bo`yicha faolligini qo`llab-quvvatladi. Shu jumladan, qurilish, qishloq xo`jaligi va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, sifatli meva-sabzavot mahsulotini Xitoy bozoriga yuborish juda muhim ekanligini ta`kidlab o`tdi.

Hududlararo hamkorlikning muhim yo`nalishlarini belgilab baradigan Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xunan` provintsiyasi o`rtasidagi hamkorlik bo`yicha qabul qilingan memorandum ular o`rtasidagi ko`p loyihali hamkorlikni mustahkamlash bo`yicha ikki tomonloma masalalarni amalga oshirish yo`lidagi birinchi amaliy qadam bo`ldi.

Eng muhimi, tashrif davomida Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi doiralari bilan Xunan` provintsiyasi kompaniyalari o`rtasida V2V formatidagi alohida muzokaralar bo`lib o`tib, qator manfaatli kelishuvlarga erishildi, ikki davlatning xo`jalik yurituvchi sub`ektlari o`rtasida eksport va import shartnomalari imzolandi. Shu jumladan, respublika ichida talabi yuqori bo`lgan va eksportga yo`naltirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun yuqori texnologik uskunalarni etkazib berish bo`yicha ham shartnoma tuzildi.

Jumladan “Kungrad agro solodkosistem” MChJ bilan “Hunan Minda Herbal Medicine Co. Ltd.” O`rtasida Xitoyga shirinmiya etkazib berish bo`yicha 450 ming AQSh dollarlik shartnoma tuzildi.

Xunan` provintsiyasining undan boshqa ham bir nechta korxonasi shirinmiyani sotib olish bo`yicha katta qiziquvchilik bildirdi.

“Vishekrishi Tashkent” MChJ bir qator xitoylik kompaniyalar bilan artemiya tsistalarini eksport qilishga 500 ming AQSh dollarlik kelishuv qabul qildi.

Shuningdek, Xitoyning 20 tadan ortiq korxona va kompaniya rahbarlari bilan alohida muloqotlar va muzokaralar o`tkazildi.

Jumladan, Qoraqalpog`iston hududida qamishni qayta ishlash va qog`oz ishlab chiqarish bo`yicha yirik zavod qurilishiga investitsiya kiritishga kelishuv qabul qilindi.

Xitoydagi “Fen` shi” MChJ,  “Min Dao” MChJ, “De Nun” MChJ nomli uchta yirik korxonaning ta`sischisi Ma Lumin, Qoraqalpog`istondagi xom ashyo bazasini oldindan o`rgangan vaqtda, Xitoy tomonidan Qoraqalpog`istonda uchta qog`oz chiqaruvchi zavod qurishga umuman 60 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish bo`yicha qaror qabul qilinganligi haqida ma`lum qildi.

Shuningdek, Ma Lumin loyihani tezroq amalga oshirish maqsadida joriy yilning may oyida O`zbekistonga tashrif buyurushni rejalashtirgan.

Bundan tashqari Hunan Runwo Biotechnology Co. Ltd. va Fenghui Biotechnology Co. Ltd. kompaniyalari bilan muzokaralar bo`lib o`tdi. Ularning yakunida Qoraqalpog`iston Respublikasidagi sho`r erlarda urug`larning barqarorligini yaxshilash uchun innovatsion texnologiyalarni qo`llanish sohasidagi hamkorlik bo`yicha Hamjihatlik memorandumi imzolandi.

Ma`lumotlarga ko`ra, oldingi vaqtlarda Xunan` provintsiyasi ko`proq agrar provintsiya bo`lgan, hozirgi kunda esa hududning yalpi ichki mahsulotining 90 foizini xizmat ko`rsatish sohasi tashkil qiladi. Undan boshqa mashinosozlik, qurilish, qishloq xo`jaligi mahsulotini qayta ishlash kabi sohalar ham rivojlangan. 2017 yilning yakuni bo`yicha Xunan` provintsiyasi XXR da yalpi ichki mahsulot miqdori bo`yicha 9 o`rinni egallagan (500 mlrd AQSh dollari). Iqtisodiy o`sish 9 foizni tashkil etgan.

 

 

A.Nasirlaev, O`zA


27.04.2018 18:47 da elon qilingan, 1030 marta korib chiqildi