Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

“Qoraqalpoqbaliqsanoat” va “Tiandzin Tyan Syan”: samarali hamkorlik

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Xitoy Halq Respublikasi “Tiandzin Tyan Syan” kompaniyasi rahbari Miao Dzienfa va Kao Guangvin Qoraqalpog`iston Respubikasida xizmat safarida bo`lmoqda.

Safardan ko`zlangan asosiy maqsad 2017 yil 20 noyabr` - 5 dekabr` kunlari O`zbekiston Respublikasi delegatsiyasining baliqchilik sohasi bo`yicha Xitoy Halq Respublikasiga safari doirasida “Qoraqalpoqbaliqsanoat” MChJ rahbari A.J.Bekniyazov va “Tiandzin Tyan Syan” kompaniyasi direktori Miao Dzienfa bilan baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, yangi baliq turlarini etishtirish bo`yicha Tiandzin shahrida o`z-aro imzolangan memorandum doirasidagi belgilangan vazifalarni bajarishdir.

Ayni paytda mehmonlar Respublikamiz hududiga mos keladigan baliq turlarini tadqiqotlar orqali aniqlash, shuningdek, sun`iy baliqchilikni rivojlantirish bo`yicha texnik rejani ishlab chiqish bo`yicha barcha tumanlardagi tabiiy va sun`iy ko`llarda o`rganishlar olib bormoqda. Safar davomida shuningdek, Tashkent agrar universiteti Nukus filialida “Tiandzin Tyan Syan” kompaniyasi  mutaxassislari ishtirokida mazkur saho bo`yicha o`quv-seminar tashkil etiladi.

 

Ма’lumot o’rnida: Xitoy Halq Respublikasining “Tiandzin Tyan Syan” kompaniyasi vakillari Respublikamizda 9-maygacha safarda bo`ladi.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati


07.05.2018 12:38 da elon qilingan, 789 marta korib chiqildi