Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Prezidentimiz Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng nishonlanayotgan Xotira va Qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. 

9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni. Bu yerga senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar kelgan. 

Soat 9:00. Maydonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib keldi. 

Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi – harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. 

 

Matnazar Elmurodov, O‘zA 


10.05.2018 08:20 da elon qilingan, 1114 marta korib chiqildi