Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Xo`jayli tuman chorva bozоri qo`shimcha payshanba kunlari ham faoliyat yuritadi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Murojaat ijobiy echim topdi

Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko`maklashish va qo`llab-quvvatlash guruhi rahbari Baxtiyar Qurbanov axborot bermoqda.

– Bu borada “Xo`jayli dehqon bozori” MChJ ning Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga tuman tadbirkor va xoridorlari iltimoslarini inobatga olib, mahalliy aholinig to`y va boshqa marakalarga sotib olingan chorvalarni saqlash imkoniyati bo`lmagani sababli har yakshanba kuni faoliyat yuritadigan chorva va cho`p bozorini haftaning payshanba kunlari ham faoliyat yuritishini so`ragan xatiga binoan tuman hokimi qarori tasdiqlandi.  Bugundan e`tiboran Xo`jayli tuman chorva bozori qo`shimcha payshanba kunlari ham faoliyat yuritadi.

Ta`kidlash joizki, Davlat rejasini bajarish, naqd pul tushimlarini ko`tarishda “Xo`jayli dehqon bazori” MChJ tomonidan bir qansha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan “Xo`jayli dehqon bazori” MChJ ning bu borada joriy yil birinchi chorak rejasi 648,25 mln so`mga belgilanib, ushbu ko`rsatkish amalda 649,14 mln. so`m (100,1%) ga bajarildi. Shundan chorva bozaridan tushgan mabla­g` 48,7 mln so`mni tashkil etadi.

Ahamiyatlisi, bundan buyon tumanda har payshanba kuni qo`shimcha tashkil etilayotgan chorva bozori mahalliy aholi uchun bir qancha qo`layliklar yaratish bilan birga ushbu ko`rsatkishnig yanada yuksalishiga xizmat qiladi. Zero, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan so`ngi paytlarda aholi yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash, bozor tiziminini tubdan isloh qilish kabi bir qancha farmon va qarorlar qabul qilinmoqda.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati

 

 


10.05.2018 12:30 da elon qilingan, 811 marta korib chiqildi